Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
«Stul» yasashning texnologik xaritasi
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli topshiriq
- Amaliy mashg‘ulot
- Stol yasash t/r Buyum qismlarining nomi O‘lchamlari Soni Xomashyo materiallari
«Stul» yasashning texnologik xaritasi
23 t\r Ishning ketma-ketligi Ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma Asbob va moslamalar O‘lchov Ish 1 Kichik ko‘rinishdagi stulni yasash uchun kerak bo‘ladigan xom- ashyo materiallari va asbob moslamalar tanlab olinadi. Chizg‘ich, go‘niya Qalam, lobzikarra, parmalash dastgohi, qumqog‘oz, 2 Fanerga shablon asosida berilgan tasvirlar nusxa tushirish qog‘ozi yordamida chizib chiqiladi. Shablon, faner Qalam 3 Tasvirda hosil bo‘lgan chiziqlar asosida faner lobzikarra bilan qirqiladi. Faner Lobzikarra 4 Zagatovkaning naqsh elementlarini kesish uchun avval parmalash dastgohida teshiklar ochib chiqiladi. Faner Parmalash dastgohi 5 Teshik orasidan lobzikarra o‘tkazilib, kesish ishlari davom ettiriladi. Faner Lobzikarra 24 6 Qirqib olingan bo‘laklar bir-biriga biriktiriladi. Chizg‘ich, go‘niya 7 Birikmalar orasiga yelim surtiladi. PVA yelim 8 Stulning barcha qismlari qumqog‘oz yordamida silliqlanadi. Qumqog‘oz 9 Stul bo‘yaladi. Lok Mo’yqalam Muammoli topshiriq Sifatsiz yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlanganda buyum sifatiga qanday baho berish mumkin? Nima uchun sifatsiz yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlashda foydalanib bo‘lmasligini tushuntirib, asoslab berishga harakat qiling. Buyum tayyorlash jarayonida yog‘ochning nuqsonli joylariga duch kelib qoldingiz. Nuqsonni bartaraf etish yo‘llarini o‘ylab toping. Amaliy mashg‘ulot Yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlari va kichik hajmdagi stol yasash. 25 Jihozlar Faner bo‘laklari, lobzikarra, yelim, shablonlar, qalam, chizg‘ich, qum- qog‘oz, lok, bo‘yoqlar. Ishni bajarish tartibi 1. Kichik hajmdagi stol yasash uchun tanlangan yog‘ochning nuqsonlari tekshiriladi. Stol yasashda nuqsoni bor yog‘och yoki faner bo‘lagidan aslo foydalanilmaydi. Chunki nuqsonli yog‘och buyum ko‘rinishi va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2. Tanlangan yog‘och namunasiga shablon asosida stol bo‘laklari chizib olinadi. Chiziqlarning to‘g‘ri chizilganligi tekshirib chiqiladi. 3. Chizma asosida lobzikarra yordamida yog‘och qirqiladi. 4. Qirqilgan qismlarga qumqog‘oz bilan ishlov beriladi. 5. Ishlov berib bo‘lingach, qismlar bir-biriga biriktiriladi. Birikmalarning yaxshi o‘rnatilishi hamda mustahkamligini oshirish maqsadida qismlar yelimlanadi. 6. Yelim qurigach, bo‘yoq sepiladi. Buyum yuzasiga bo‘yoq bir tekis sepilishi lozim. Buyumning chiroyli hamda sifatli chiqishi barcha ishning aniq bajarilishiga bog‘liq. Stol yasash t/r Buyum qismlarining nomi O‘lchamlari Soni Xomashyo materiallari Asbob va moslamalar Bo‘yi ( sm ) Uzunligi ( sm ) Eni ( sm ) O‘lchov asboblari Ish asbob- lari 1 Oyoqlar 8 5 0.5 2 Faner Chizg‘ich shablonlar Qalam, lobzikarra 2 Stol doskasi Ø 10 1 Faner Chizg‘ich shablonlar Qalam, lobzikarra |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling