20
Jihozlar
Duradgorlik
dastgohi
Ishni bajarish tartibi
Duradgorlik dastgohidan to‘g‘ri foydalanish usullarini mashq qiling.
Yog‘ochdan uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasash
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasashda uning bajaradigan vazi
fasi
ga
qarab qanday yog‘och turidan tayyorlanishi aniqlab olinadi. Asosan,
ishlatiladigan yog‘och materialining qattiqligi
hamda foydalanish
jarayonida ro‘y beradigan ta’sirlarga chidamlilik darajasi hisobga olinadi.
Masalan, sabzavotlar to‘g‘rash taxtasi odatda o‘rtacha qattiqlikdagi
yog‘ochlardan turli shakllarda tayyorlanadi.
Taxtacha oyoqlari oddiy yoki burama mixlar bilan mahkamlanadi.
Bu buyumni tayyorlash uchun yog‘ochni tanlash,
unga rejalash
chizmasini chizish, arralash, randalash, parmalash, jilvirlab silliqlash va
oyoqchalarni biriktirish ishlari bajariladi. Ushbu taxtani atroflarini turli
naqshlar bilan bezatish ham mumkin.
Bunday taxtachalarni oshxona devoridagi qoziqqa ilib saqlash ancha
qulay. Shunday osib qo‘yishga moslashtirilgan
taxtachalarning orqa
tomoniga chiroyli naqshlar ishlab bezatiladi. Ko‘pincha bezatiladigan
taxtachalarga
oyoqchalar yasalmaydi, ularning bezatilgan tomoni
ko‘rinib turadigan holatda qoziqqa ilib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: