Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Jihozlar O‘lchash va randalash asboblari Ishni bajarish tartibi


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

Jihozlar
O‘lchash va randalash asboblari
Ishni bajarish tartibi
1. O‘lchash va randalash asboblari bilan ishlashni mashq qiling.
2. Ustaxonadagi turli arralarni qaysi ishlar uchun ishlatilishini aniqlang.
3. Yog‘och bo‘lagi bilan har xil arralash ishlarini to‘g‘ri bajarilishini 
mashq qiling.
4. Iskanalar bilan turli yog‘ochlarga ishlov berish mashqlarini bajaring.
Yog‘ochga qo‘lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash 
hamda ish joyini tashkil qilish
Duradgorlik ishlarini bajarishda foydalaniladigan maxsus dastgohlar 
har xil bo‘lib, ular ishlov berilayotgan yog‘och materiallarini kerakli 
holatda mahkam tutib turish uchun xizmat qiladi. 
Maktab ustaxonasidagi duradgorlik dastgohining asosiy qismi uning 
oyoqlariga o‘rnatilgan va kerakli balandlikda mahkamlanadigan ish 
stolidan iborat. Bu stolda tegishli kattalikdagi yog‘och materiallarida 
ishlov berish, kerakli holatda mahkam o‘rnatish uchun teshiklar ochiladi. 
Stolning chuqurlashtirilgan qismidan kerakli asboblar va materiallarni 
qo‘yish uchun foydalaniladi. Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli 
mexanizmdan foydalaniladi. Iskanja ishlov beriladigan detalni kerakli 
holatda mahkam o‘rnatish hamda bo‘shatib olish uchun ishlatiladi. 


19
7-rasm. 
Duradgorlik dastgohi: 1 – asos; 2 – qisqich; 3 – ish stoli; 
4 – yordamchi uyalar; 5 – ishlov berish joyi; 6 – yordamchi tirgaklar; 7 – iskanja.
Dastgohda ishlov berilayotgan materialni to‘g‘ri o‘rnatish va 
mahkamlash qoidalariga rioya qilmagan holda bajariladigan ishlar sifatli 
bo‘lmaydi hamda ishlovchi va uning atrofidagi odamlar uchun xavfli 
sanaladi. Shu bilan birga ishlatilayotgan asboblarga ham ortiqcha zarar 
yetadi.
Dastgohdan foydalanishda uning iskanjalarini juda qattiq siqish kerak 
emas. Dastgoh stolini kesish, chopish, arralash, bolg‘a bilan ortiqcha 
zarba berish va boshqa zararli ta’sirlardan saqlash lozim. Dastgoh stoli 
ustida asboblarni ulardan foydalanishga qulay holatda joylashtirish 
lozim.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling