Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Arra turlari: a – burcharra; b – g‘o‘labo‘rarra; d – dastarra. Qo‘larralarning burcharra, burama yoyarra deb ataladigan turlari mavjud
1.2. ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN
FOYDALANISH Yog‘ochga ishlov berishda qo‘l asboblaridan foydalanish texnologiyasi Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. O‘lchash deb yog‘och materialning o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar, xatkash va o‘lchov andazalari kiradi. O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi. O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi. Arralar Arralar yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli yo‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Bunda yog‘och ko‘ndalangiga, bo‘yiga, har xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan turli arralar yordamida bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi. Arralar qo‘larra (dastarra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin (g‘o‘labo‘r) arra va taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p 15 a) b) d) 4-rasm. Arra turlari: a – burcharra; b – g‘o‘labo‘rarra; d – dastarra. Qo‘larralarning burcharra, burama yoyarra deb ataladigan turlari mavjud Burcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Moslamaga o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq, 2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat. Bu arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash kerak. Burcharralar kashakliarra, yoyarra deb ham ataladi. Burama yoyarralar taqasimon tutqichga mahkamlanadi. Ular yupqa, ensiz va kaltaarra tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib, faner, yupqa taxta va boshqa materiallardan shakldor buyumlar yasash uchun ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6–1,25 mm eni 2–10 mm , uzunligi 200–350 mm gacha bo‘ladi. Burilma arralar lobzik yoki qilarra deb ham ataladi. bo‘lib, ularning asosiy qismi po‘latdan tayyorlanadi. Arra tanasining uzun tomoni yonidan tish chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, tor, ingichka va qilarra turlarga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. 16 Sarjinarra yog‘och g‘o‘lalarini 2 kishi bo‘lib qirqish uchun ishlatiladi. Bu arralarning tanasi uzun va keng bo‘lib, uning ikki uchiga yog‘och dastalar o‘rnatiladi. Bu dastalarning o‘q chizig‘i arra tanasi bilan bir xil tekislikda bo‘ladi. G‘o‘labo‘rarra yo‘g‘on yog‘ochlardan ikki kishi bo‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu arradan foydalanishda yog‘ochni taxta tiluvchilarning biri uning ostida, ikkinchisi ustida turib arralashlari uchun maxsus tayyorlangan joyga mahkamlanadi. G‘o‘labo‘rarraning dastalari uning tanasi tekisligini ikki yoniga tik chiqib turadigan holatda o‘rnatiladi. Arralar vazifasiga ko‘ra qirquvchi, tiluvchi arralarga bo‘linadi. Bu arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi. Qirquvchi arralar yog‘ochni ko‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi. Ularning tishlari teng yoki uchburchak shaklda bo‘lib, ular arra tanasining davomidan o‘tkir uchlari tashqariga tik yo‘nalgan holda chiqariladi. Tiluvchi arralar yog‘ochni bo‘yiga arralab tilish uchun ishlatiladi. Ularning tishi o‘tkir burchakli bo‘lib, ular arra tanasi davomidan tashqarida tik yo‘nalgan uchburchak shaklda chiqariladi. Duradgorlik iskanalari. Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar tayyorlashda ularning qismlari ko‘pincha «tirnoq» chiqarish yo‘li bilan biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari bajariladi. Bu maqsadda har xil duradgorlik iskanalaridan foydalaniladi. Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi iskanalarga bo‘linadi (5-rasm). Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling