Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


-rasm.  Shkafning ichki qismida buyumlarning tartibli saqlanishi. 9-rasm


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

8-rasm. 
Shkafning ichki qismida buyumlarning tartibli saqlanishi.
9-rasm.
Turli xildagi shkaflarni tayyorlashda o‘lcham olish 
va uni loyihalash ishlarini bajarish ish usullari.


30
kuch va texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilish talab etiladi. Shu 
o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zingiz yashaydigan uyda qanday turdagi shkaflar 
borligini eslab oling, uning dizaynida nimalar e’tiborga olinganiga ahamiyat 
bering, shkafdan foydalanishdagi qulayliklar haqida tasavvur qilib ko‘ring, 
shkafning imkoniyatlari va qayerda joylashganini ham chetda qoldirmang. 
Dars jarayonida shkafni tayyorlashda uning imkoniyatlaridan kelib chiqib 
loyihalashtiring. Masalan: shkafda qishki va yozgi kiyimlar uchun, oyoq 
kiyimlari, sumka, soyabon, galstuk, bosh kiyimlari va boshqa narsalar uchun 
joy ajratilgan bo‘lishi lozim. 8-rasmda shkafning ichki qismida kiyimlarning 
tartibli saqlangani tasvirlangan. Sizlar yashab turgan sharoitdan kelib chiqib, 
turli xil ko‘rinishdagi va o‘lchamlardagi shkaflarni tayyorlab ko‘rishingiz 
mumkin. Shkaflarning oshxona, yotoqxona, zal, mehmonxonalar uchun 
mo‘ljallangan turlari ham bor. Ular joylashish qarab loyihalanadi va shu 
asosida tayyorlanadi. 
Muammoli topshiriq
Dastgohga ishlov berilayotgan materialni o‘rnatish va mahkamlash 
qoidalariga to‘g‘ri rioya qilinmaganda qanday muammolarni keltirib chiqaradi? 
Muammoning yechimini o‘ylab toping va amaliy bajarishga harakat qilib 
ko‘ring. 
1.3. MASHINA, MEXANIZM, STANOKLAR VA ULARDAN 
FOYDALANISH
Parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari
Parmalash stanogi chilangarlik ishlarida metall materiallarni parma-
lash uchun mo‘ljallangan, lekin undan yog‘och materiallarni parmalashda 
ham foydalanish mumkin. Parmalash stanogi (10-rasm) plita, kolonka 
va unga o‘rnatilgan konsoldan iborat. 
Konsol reykali uzatma yordamida kolonka bo‘ylab vertikal 
yo‘nalishda siljiydi. Konsol bilan birgalikda unga o‘rnatilgan elektrik 
dvigatel va shpindel harakatlanadi. Parmalanadigan yog‘ochning qalin-
yupqaligiga qarab konsolni kolonka bo‘ylab plitaga yaqinlashtirish 
yoki undan uzoqlashtirish mumkin. Shpindelga patron o‘rnatilib, unga 


31
kerakli diametrdagi silindrik quyruqli 
parmalar qotiriladi. 
Konussimon taglikli parmalar be vo-
sita shpindelning o‘ziga kiritib qotiriladi. 
Shpindel konsolga nisbatan dasta yor-
damida reykali uzatma bo‘ylab suriladi. 
Shpindelga pog‘onali shkiv kiydirilgan 
bo‘lib, shkiv elektrik dvigateldan hara-
kat 
ga keltiriladi, uning yordamida 
shpindelning aylanish sonini o‘zgartirish 
mumkin. Parmalash stanogida ishlaganda 
quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga 
rioya qilish talab etiladi. 
1. Shkivlarni himoyalab qo‘yish 
kerak. 
2. Ish vaqtida tasmani almashtirish 
yaramaydi. 
3. Shpin delni to‘xtatish uchun tasmani 
qo‘l yordamida to‘xtatmaslik kerak. 
4. Ish vaqtida parmani yog‘ochdan 
o‘tib ketib, plitani parmalab qo‘ymasligi, 
uni ishdan chiqarmasligi lozim. Buning 
uchun parmalanuvchi yog‘och ostiga ehtiyot taxtasi o‘rnatiladi. 
5. Parmalash katta tezlikda olib boriladi. Shuning uchun parmalanadigan 
yog‘ochni mahkam ushlash, qo‘yib yubormaslik talab etiladi. Aks holda, 
yog‘och qo‘ldan chiqib ketib, ishlayotgan odamni shikastlaydi.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling