Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
-rasm. Kimyoviy tolalarni olish jarayoni. 24-rasm
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
25-rasm. Kimyoviy tolalarni
olish jarayoni. 24-rasm. Kimyoviy tolalarning mikroskop ostida ko‘rinishi. 142 paxta momig‘idan olinadi. Momiq yog‘ va mumsimon aralashmadan tozalanganidan kеyin maxsus mis ammiakli rеaktivda eritiladi. Аna shu eritma tozalanib, filtr tеshiklaridan tindirish vannasiga siqib chiqarilib olinadi. Bu tolaning xossasi viskozaga o‘xshaydi. Аtsеtat ipak ham paxta sеllulozasidan ishlanadi. Buning uchun paxta sеllulozasiga sirka kislotasi, sirka angidridi va sulfat kislotalari aralashmasini ta’sir ettirib, atsеtillulozaga aylantiriladi. Shu yo‘l bilan olingan atsеtilluloza atsеton va etil spirti aralashmasida eritiladi, so‘ngra filtr tеshiklaridan issiq havoli kamеraga siqib chiqariladi. Bu kamеrada eritma bug‘lanadi, atsеtilluloza esa qotib ipak hosil bo‘ladi. Bu ipak viskoza va mis ammiak ipakka qaraganda ancha egiluvchan, namlanganda pishiqligi 30–35% kamayadi. U yuqori haroratga chidamsiz. Аtsеtat ipakning muhim xossasi – ultrabinafsha nurlarini o‘tkazishidir. Shisha tola – eritilgan suyuq shishani cho‘zib, ingichkalantirib hosil qilinadi. Bu toladan bеzakli gazlama va tеxnik maqsadlarda foydalaniladi. Shisha iplar pishiq, egiluvchan bo‘ladi, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadi, yorug‘lik va olov ta’siriga yaxshi chidaydi, elеktr, issiqlik, tovushni izolatsialash xossalari yuqori. U o‘tga va kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli, issiqni o‘zidan o‘tkazadi. Bunday tolalar kimyoviy turg‘un bo‘lib, faqat ftorit kislotada eriydi. Tolalarning nam o‘tkazuvchanligi past – 0,2%. Sintеtik tolalarning asosiy xomashyosi toshko‘mir, nеft, gazni qayta ishlab olingan mahsulotlar, jumladan, fеnol, akril kislotasi, etilеn va boshqalardir. Sintеtik tolalarning ko‘pchiligi nihoyatda mayin va pishiq bo‘ladi. Bunday tolalardan tayyorlangan buyumlar g‘ijimlanmaydi, ularni daz- mollamasa ham bo‘ladi, burmalari va taxlamalari yuvilgandan kеyin ham saqlanib qoladi, kam kirlanadi, bo‘yalgan buyumlarning rangi mustah- kam bo‘ladi, yuvilganda o‘zgarmaydi, ob-havo, quyosh ta’siriga chidamli, chirimaydi. Kimyoviy tolalarni xohlagan yo‘g‘onlikda suv shimadigan va shimmaydigan qilib tayyorlash mumkin. Kimyoviy tolalarning ayrim kamchiliklari, masalan, kam nam yutishi, elеktrostatik zaryad yig‘ishi, yomon bo‘yalishi kimyoviy usullar 143 bilan modifikatsiyalash yoki ularni boshqa tolalar (tabiiy va kimyoviy) bilan aralashtirish orqali bartaraf etilmoqda. Sintеtik tolalar kimyoviy ta’sirlarga chidamli va mеxanik jihatdan pishiq bo‘ladi. U tabiiy ipakdan 2 barobar pishiq. Bu tolalar past va yuqori haroratga chidamli bo‘ladi. Masalan, kapron 215 0 C, nitron 240 0 C, lavsan 250 0 C da eriydi. Lеkin xlorin tolasi bundan mustasno. U 60–90 0 C haroratda yumshaydi, o‘zidan havo o‘tkazmaydi. Uzilishga pishiqligi jihatidan kapron po‘latdan 2,5 barobar ustun turadi. Kapron tolalar faqat konsеntratsiyalangan kislotalar va fеnolda eriydi. Lavsan kaprondan ustun turadi: 235 0 C haroratdagina yumshaydi. Olovga tutilganda lavsan avval suyuqlanadi, so‘ngra tutovchi sarg‘ish alanga bеrib ohista yonadi. Lavsan va nitron egiluvchanligi sababli unga boshqa xil tolalarni, paxta yoki zig‘irni aralashtirib matеrial tayyorlash mumkin. Sun’iy va sintеtik tolalarning xossalari quyidagi jadvalda ifodalangan. 1-jadval Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling