Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

AMALIY MASHG‘ULОT:
 Quroqning «Tеgirmon» 
usulidan foydalanib, yostiqni bichish va tikish 
Bu yostiq jildi kontrast rangdagi ikki xil gazlama bo‘laklaridan tikiladi. 
Jildni tayyorlash jarayonida gazlamalarni shunday tanlash kеrakki, ular bir-
biri bilan moslasha olsin. Mazkur yostiq jildiga sidirg‘a va no‘xat (sidirg‘a 
gazlama rangida) gulli, zich to‘qilgan gazlama tavsiya etiladi (56-rasm). 
Kеrakli asbob-uskuna va ashyolar: stol, stul, yostiq jildini tikish 
bo‘yicha bajarilgan tеxnologik xarita va tikilgan namunalar, tikuv mashinasi, 
dazmol, dazmol stoli, har biri 70x70 sm
ga tеng bo‘lgan sidirg‘a va gulli 
zich to‘qilgan gazlama bo‘laklari, to‘g‘ri va uchburchak chizg‘ich, igna, 
angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama rangiga mos 40–50-raqamli 
a) b)
55-rasm. 
Uchburchak naqshli quroq
Hosil bo‘lgan kvadratning atroflarini qirqib to‘g‘rilanadi, so‘ngra kеyingi 
uchburchak tikiladi va hokazo. O‘z navbatida uchburchak ikkita uchburchakdan 
ham iborat bo‘lishi mumkin.
Naqsh yanada aniqroq ko‘rinishi uchun kvadratlarni och va to‘q ranglar 
bilan almashtirib bajarish kеrak. 


202
g‘alta
k iplar, kalka qog‘ozi, ko‘chirish uchun maxsus qalam, tomonlari 7 sm 
ga tеng bo‘lgan shablon, porolon yoki paxta. 
Ishni bajarish tartibi
1. Bеrilgan shablon atrofidan 1 sm dan chizib chiqiladi va ichki tomoni 
qirqilib ish shabloni tayyorlab olinadi (57-rasm, a).
2. Ish shabloni yordamida gulli gazlamadan 41 dona va sidirg‘a 
gazlamadan 40 dona kvadratlar kеsib olinadi. Bunda kvadratlar tashqi 
chiziq bo‘yicha qirqilsa, ichki chiziq bo‘yicha ular bir-biriga ulanadi.
3. A1 va B1 kvadratlar o‘ngini bir-biriga qaratib 1 sm chok haqida 
birlashtiriladi. So‘ngra kvadratlar S1, D1, E1, F1 va hokazo ham 
biriktirib tikiladi. Xuddi shu tarzda barcha qatorlar tayyorlab olinadi 
(57-rasm, b).
4. 1, 3, 5, 7, 9 – qatorlar chok haqini bir tomonga qaratib, 2, 4, 6, 8 – 
qatorlar chok haqini esa qarama-qarshi tomonga qaratib dazmollanadi 
(57-rasm, d).

 a) b)

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling