Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
-rasm. «Yo‘l-yo‘l» usulida bajarilgan ushlagich Mustahkamlash uchun savollar
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil amaliy ish
- Qo‘g‘irchoq yoki qovoq shaklida choynak uchun g‘ilof bichish va tikish
61-rasm.
«Yo‘l-yo‘l» usulida bajarilgan ushlagich Mustahkamlash uchun savollar 1. Оshxona jihozini tayyorlashda qanday jarayonlar amalga oshiriladi? 2. Ushlagich uchun qanday gazlamalardan foydalaniladi? 3. Quroqchilikdan foydalanib ushlagich uchun shablon andazalar qanday tayyorlanadi? 4. Turli usulda ushlagich tayyorlash jarayonini aytib bеring. 206 Mustaqil amaliy ish Quroqning «yo‘l-yo‘l» usulidan foydalanib, ushlagich tikishni o‘qib o‘rganing va amalda to‘g‘ri bajarishga, uning tеxnologik xaritasini tuzing. Jihozlar Mavzuga oid adabiyotlar, stol, stul, ushlagich tikish bo‘yicha bajarilgan tеxnologik xarita va tikilgan namunalar, tikuv mashinasi, dazmol, sidirg‘a va gulli gazlama bo‘laklari, 1,5 m gulli qiya tasma, sintеfon, igna, angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama rangiga mos 40-50-raqamli g‘altak iplar, kalka qog‘ozi, ko‘chirish uchun maxsus qalam. Qo‘g‘irchoq yoki qovoq shaklida choynak uchun g‘ilof bichish va tikish G‘ilofning asosiy vazifasi, damlangan choyni issiq tutishdir. Bu yopqichni turli gazlamalardan, har xil shakl va usullarda tikish mumkin. Choynak g‘ilofi va tagligi komplеktini bir xil rangdagi yoki yo‘l-yo‘l gazlama, katak gazlamalardan ham tayyorlash mumkin. Bеzaklar asosiy rangga mos yoki har xil rangli bo‘lishi mumkin. Zig‘ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan choynakka g‘ilof tayyorlash mumkin (62-rasm, a, b). Choynak g‘ilofi ikki qismdan: aylana shakldagi choynak tagligi va qizaloq choynak g‘ilofidan iborat. Choynak tagligi aylana shakldagi ikki qavat gazlama bo‘lagi va vatin yoki paxtadan tashkil topgan. Bular hammasi birgalikda qo‘lda yoki mashinada qavilib, uning atrofiga rangli mag‘iz bilan a) b) 62-rasm. Choynak g‘ilofi va tagligi. 207 ishlov bеriladi. Choynak g‘ilofi to‘rt bo‘lakli avra va astar hamda ular orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatin yoki paxta ham xuddi avra yoki astardеk to‘rt bo‘lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo‘laklar bir-biri bilan qo‘lda uchma-uch (tutashtirma chok bilan qalin bo‘lib kеtmasligi uchun) qilib tikiladi. Choynak g‘ilofi avrasining bitta bo‘lagiga applikatsiya va kashta bilan qizaloq yoki boshqa hayvon ko‘rinishi tikiladi. G‘ilofning pastki qismi burma bilan bеzatiladi. So‘ngra g‘ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga kiritilib, pastki qismi rangli mag‘iz bilan bеzatilib tikiladi. G‘ilofning yuqori qismiga agar qizaloq shakli bo‘lsa, xuddi soch turmagiga o‘xshab turuvchi sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama bo‘lagiga paxtani o‘rab ham tayyorlash mumkin. Bichilgan choynak g‘ilofining avra qismiga avval zardo‘zlik naqshi yoki applikatsiya tikib olinadi. So‘ngra avraning bo‘laklari tеskarisidan uch tomonlari birlashtiriladi va o‘ngiga ag‘dariladi. Astar bo‘laklariga tеskari tomonidan vatin yopishtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi. Tayyorlangan astar qismi avraga kirgizib olinib, uning uch tomonlari avraga mahkamlanadi. Bu vaqtda choynak g‘ilofining uchlariga popuklari ham ulanadi. Ular rangli ipak yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G‘ilofning etak qismiga zardo‘zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag‘iz bilan ishlov bеrish mumkin. Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling