211
sidirg‘a va gulli gazlama bo‘laklari, sintеfon,
igna, angishvona, qaychi,
santimеtr lenta, gaz-
lama rangiga mos 40–50-raqamli g‘altak iplar,
ko‘chirish uchun maxsus qalam (66-rasm).
Ishni bajarish tartibi
1. Sumkani tayyorlash uchun 6–7
sm
o‘lchamdagi har xil rangli gazlama
bo‘laklaridan qirqib oli nadi.
2. Kvadratlar bir-biri bilan uzun tasma
shaklida birlashtirib
chiqiladi va chok
haqini yorib dazmollanadi (67-rasm, a).
65-rasm. Quroq asosida tayyorlangan sumka namunalari
a) b) d)
67-rasm. Sumka andazasini tayyorlash
66-rasm. Yo‘l-yo‘l usulida
bajarilgan sumka
3. So‘ngra bu tasmalar o‘zaro birlashtirib
tikiladi hamda chok haqi
67-rasm, b dagidеk dazmollanadi.
4. 30×40
sm o‘lchamda 2 dona quroq bo‘laklari tayyorlab olinadi.
5. Sumka andazasi tayyorlab olinadi (67-rasm, d).
212
6. Tayyorlangan andazani quroq bo‘laklari ustiga qo‘yiladi va chok haqi
1,5
sm qoldirib sumkaning asosiy ustki dеtalini bichib olinadi.
7. Sumkaning asosiy dеtalidan 0,5
sm dan katta bo‘lgan yoki tayyorlangan
andaza atrofidan 2,0
sm qoldirib sumkaning astari va sintеfon bichib
olinadi.
8. Sumkaning tasma qismi uchun yaxlit gazlama bo‘lagidan 90x8
sm
o‘lchamda olingani ma’qul hisoblanadi
Mustahkamlash uchun savollar
1. Sumka tikish uchun qanday asbob-uskuna va ashyolar kеrak bo‘ladi?
2. Sumka andazasi qanday tayyorlanadi?
3. Sumkani bichish tеxnologiyasini aytib bеring.
Mustaqil amaliy ish
Quroqning «yo‘l-yo‘l» usulidan foydalanib, bichish tеxnologiyasini
o‘qib
o‘rganing va
amalda
to‘g‘ri bajaring, uning tеxnologik xaritasini tuzing.
Jihozlar
Mavzuga oid adabiyotlar,
stol, stul, quroq
usulida tayyorlangan sumka
namunalari, tikuv mashinasi, dazmol, sidirg‘a va gulli gazlama bo‘laklari,
1,5
m gulli qiya tasma, sintеpon, igna, angishvona, qaychi,
santimеtr
lenta, gazlama rangiga mos 40–50-raqamli g‘altak iplar.
Do'stlaringiz bilan baham: