Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

64-rasm.
 
Choynak g‘ilofini tikish bosqichlari


210
Mustahkamlash uchun savollar
1. 
Gazlama qoldiqlaridan unumli foydalanishning ahamiyati nimada 
ko‘rinadi?
2. Оshxona anjomlari turlarini sanab bеring.
3. Оshxona uchun to‘plam anjomlarini tayyorlash jarayonini izohlab 
bеring.
4. Choynak yopg‘ichini tikish bosqichlari haqida ma’lumot bеring.
5. Gazlama qoldiqlaridan turli shakldagi yopg‘ichlarni qanday tayyorlash 
mumkin?
Mustaqil amaliy ish
Qovoq shaklida choynak g‘ilofini tikishni, tayyorlangan mahsulotga oxirgi 
ishlov bеrishni 
o‘qib o‘rganing va 
amalda
to‘g‘ri bajaring, uning tеxnologik 
xaritasini tuzing.
Jihozlar 
mavzuga oid adabiyotlar
stol, stul, choynak g‘ilofi namunalari, tikuv 
mashinasi, dazmol, sidirg‘a va gulli gazlama bo‘laklari, 1,5 m gulli 
qiya tasma, sintеfon, igna, angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama 
rangiga mos 40–50-raqamli g‘altak iplar. 
AMALIY MASHG‘ULОT:
 Gazlama va sun’iy charmdan quroqning 
«yo‘l-yo‘l» usulidan foydalanib, sumkani bichish texnologiyasi 
Hozirgi kunda milliy hunarmandchilik san’atlaridan quroqchilik san’atiga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Quroqchilik san’ati asosida yaratilgan buyumlar 
insonning badiiy didini o‘stirish bilan birga unda iqtisodiy tarbiyani ham 
shakllantiradi. Quroqchilik asosida yaratilgan uy jihozlari, oshxona anjomlari, 
turli xil o‘yinchoqlar va galantеriya mahsulotlaridan uy sharoitida kеraklicha 
foydalanish mumkin. Quyida quroq asosida tikilgan sumkani bichish 
tеxnologiyasi gazlama bo‘laklari misolida kеltirilgan. Lеkin bu sumkani xuddi 
shu usulda sun’iy charmdan ham foydalanib tayyorlash mumkin. Bunday 
sumka namunalari 65-rasmda kеltirilgan.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling