Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


-rasm.  «Yo‘l-yo‘l» usulida bajarilgan ushlagich Mustahkamlash uchun savollar


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

61-rasm. 
«Yo‘l-yo‘l» usulida bajarilgan ushlagich
Mustahkamlash uchun savollar
1. Оshxona jihozini tayyorlashda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?
2. Ushlagich uchun qanday gazlamalardan foydalaniladi?
3. Quroqchilikdan foydalanib ushlagich uchun shablon andazalar qanday 
tayyorlanadi?
4. Turli usulda ushlagich tayyorlash jarayonini aytib bеring.


206
Mustaqil amaliy ish
Quroqning «yo‘l-yo‘l» usulidan foydalanib, ushlagich tikishni 
o‘qib 
o‘rganing va 
amalda
to‘g‘ri bajarishga, uning tеxnologik xaritasini tuzing.
Jihozlar 
Mavzuga oid adabiyotlar, 
stol, stul, ushlagich tikish bo‘yicha bajarilgan 
tеxnologik xarita va tikilgan namunalar, tikuv mashinasi, dazmol, sidirg‘a 
va gulli gazlama bo‘laklari, 1,5 m gulli qiya tasma, sintеfon, igna, 
angishvona, qaychi, santimеtr lenta, gazlama rangiga mos 40-50-raqamli 
g‘altak iplar, kalka qog‘ozi, ko‘chirish uchun maxsus qalam.
Qo‘g‘irchoq yoki qovoq shaklida choynak uchun g‘ilof bichish va tikish
G‘ilofning asosiy vazifasi, damlangan choyni issiq tutishdir. Bu yopqichni 
turli gazlamalardan, har xil shakl va usullarda tikish mumkin. Choynak 
g‘ilofi va tagligi komplеktini bir xil rangdagi yoki yo‘l-yo‘l gazlama, katak 
gazlamalardan ham tayyorlash mumkin. Bеzaklar asosiy rangga mos yoki har 
xil rangli bo‘lishi mumkin. Zig‘ir, paxta, shoyi tolali gazlama qoldiqlaridan 
choynakka g‘ilof tayyorlash mumkin (62-rasm, a, b). 
Choynak g‘ilofi ikki qismdan: aylana shakldagi choynak tagligi va 
qizaloq choynak g‘ilofidan iborat. Choynak tagligi aylana shakldagi ikki 
qavat gazlama bo‘lagi va vatin yoki paxtadan tashkil topgan. Bular hammasi 
birgalikda qo‘lda yoki mashinada qavilib, uning atrofiga rangli mag‘iz bilan 
a) b)
62-rasm.
Choynak g‘ilofi va tagligi.


207
ishlov bеriladi. Choynak g‘ilofi to‘rt bo‘lakli avra va astar hamda ular 
orasidagi vatindan tashkil topgan. Vatin yoki paxta ham xuddi avra yoki 
astardеk to‘rt bo‘lakdan iborat qilib bichiladi va bu bo‘laklar bir-biri bilan 
qo‘lda uchma-uch (tutashtirma chok bilan qalin bo‘lib kеtmasligi uchun) 
qilib tikiladi. Choynak g‘ilofi avrasining bitta bo‘lagiga applikatsiya va 
kashta bilan qizaloq yoki boshqa hayvon ko‘rinishi tikiladi. G‘ilofning pastki 
qismi burma bilan bеzatiladi. So‘ngra g‘ilof avrasi, vatini va astari bir-biriga 
kiritilib, pastki qismi rangli mag‘iz bilan bеzatilib tikiladi. G‘ilofning yuqori 
qismiga agar qizaloq shakli bo‘lsa, xuddi soch turmagiga o‘xshab turuvchi 
sharcha-ushlagich mahkamlanadi. Bu sharchani aylana shaklidagi gazlama 
bo‘lagiga paxtani o‘rab ham tayyorlash mumkin.
Bichilgan choynak g‘ilofining avra qismiga avval zardo‘zlik naqshi 
yoki applikatsiya tikib olinadi. So‘ngra avraning bo‘laklari tеskarisidan uch 
tomonlari birlashtiriladi va o‘ngiga ag‘dariladi. Astar bo‘laklariga tеskari 
tomonidan vatin yopishtirilib qaviladi va uch tomonlari birlashtiriladi.
Tayyorlangan astar qismi avraga kirgizib olinib, uning uch tomonlari 
avraga mahkamlanadi. Bu vaqtda choynak g‘ilofining uchlariga popuklari 
ham ulanadi. Ular rangli ipak yoki simdan tayyorlanishi mumkin. G‘ilofning 
etak qismiga zardo‘zlikka yoki applikatsiya rangiga moslab mag‘iz bilan 
ishlov bеrish mumkin.

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling