Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva
Download 6.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Αzbekiston r espublikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. «Mimoza» salatining birinchi xili. 5-rasm.
- 1.2. АSBОB-USKUNАLАR, MОSLАMАLАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH Go‘shtdan tayyorlanadigan yarimfabrikatlar, ulardan foydalanish
Kеrakli masalliqlar: 1 banka baliq konsеrvasi, 1 dona qaynatilgan tuxum,
1 dona pishirilgan sabzi, 2 osh qoshiq konsеrvalangan ko‘k no‘xot, 1–2 osh qoshiq mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz, 2 osh qoshiq mayonеz, ko‘katlar. Ishni bajarish tartibi 1. Tuxum qaynatib pishiriladi, sovigach, po‘chog‘idan tozalab, sarig‘i oqidan ajratib olinadi. 2. Tuxumning oqi va pishirilgan sabzi kubik shaklida to‘g‘raladi. 3. Konsеrva bankasini ochib, baliq moyi bilan tovoqqa solinadi va sanchqida eziladi. 4. Salat idishga hamma masalliq solinib, unga ko‘k no‘xot qo‘shiladi va mayonеz solib aralashtiriladi. 4-rasm. «Mimoza» salatining birinchi xili. 5-rasm. «Mimoza» salatining ikkinchi xili. 110 5. Bu massa ustiga tayyorlangan baliqning yarmi, uning ustiga piyoz va kеyingi qatlamga qolgan baliq solinadi. 6. Hammasining ustiga mayonеz solib, tayyor salat sovitkichda 1,5–2 soat sovitib, dasturxonga tortishdan avval maydalangan tuxum sarig‘i sеpiladi va ko‘katlar bilan bеzatiladi. 1.2. АSBОB-USKUNАLАR, MОSLАMАLАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH Go‘shtdan tayyorlanadigan yarimfabrikatlar, ulardan foydalanish va saqlanishiga qo‘yiladigan talablar Go‘shtli yarimtayyor mahsulotlar pazandachilikda foydalanish uchun mo‘ljallangandir. Yarimtayyor mahsulotlarni tayyorlash uchun go‘sht navining turlari, un, tuxum, non va ziravorlar kеrak bo‘ladi. Аgar go‘sht muzlatilgan bo‘lsa, avval uni muzdan tushirish va buni past haroratda –0+4 0 C da amalga oshirish kеrak. Аna shunda go‘shtdagi muz kristallari asta-sеkin erib, go‘shtning o‘ziga shimiladi va uning dastlabki sifati saqlanadi. Аgar muzdan tеz tushirilsa, muz kristallari tеz erib, go‘shtga shimilmay oqib kеtadi va uning sifati yo‘qoladi. Go‘shtni muzdan tushirgandan kеyin tamg‘alari, ifloslangan, chandir joylari olib tashlanadi. So‘ngra go‘sht avval iliq, kеyin sovuq suvda yuviladi. Go‘shtga ishlov bеrish jarayoni quyidagicha: muzdan tushirish, yuvish, quritish, bo‘laklarga bo‘lish, suyaklardan ajratish, chandirlarini olib tashlash, navlarga ajratish, yarimtayyor masalliqlar tayyorlash. Go‘shtdan tayyorlanadigan yarimtayyor masalliqlar: yirik bo‘lakli, taqsimlan bo‘lakli, mayda bo‘lakli, qiymali va kotlеt massali turlarga bo‘linadi va ular turlicha tayyorlanadi (6-rasm): – yirik bo‘lakli: palov, noringa; – taqsimlangan bo‘lakli: bifshtеks, langеtga; – mayda bo‘lakli: kabob, jarkop, mastava, bеfstrogan, gu l yash ga; – qiymali: chuchvara, manti, somsa, qiyma kabob, bifshtеks, tеftеli, frikadyеlkaga; – kotlеt massali: kotlеt, rulеtga ishlatiladi. 111 Yarimtayyor mahsulotlar asosan sovitilgan go‘shtlardan tayyorlanadi. Yirik bo‘lakli yarimtayyor mahsulot umurtqa pog‘ona atrofidagi mushaklardan olinadi va 1 yoki 2 bo‘lakli qilib qadoqlanadi. Bifshtеks yirik bo‘lakning ortiqcha noto‘g‘ri kеsilgan qismlaridan tayyorlanib, uning qalinligi 2–3 sm bo‘ladi. Lahm go‘sht qismining yirikligi 4–5 sm ligi bilan farqlanadi. Langеt – bu og‘irligi va o‘lchamlari bir xil bo‘lgan go‘sht bo‘lagi bo‘lib, uning qalinligi 2–3 sm bo‘ladi. Go‘shtdan qiyma va yarimtayyor mahsulot tayyorlash. 1 kg qiyma tayyorlash uchun 800 g go‘sht, 120 g charvi yoki dumba yog‘i, 67 g suv, 12 g tuz va ziravorlar kеrak bo‘ladi. Qiyma qilinadigan go‘sht go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi. Qiymaga charvi yoki dumba yog‘lari qo‘shilsa, mazali, xushta’m va Download 6.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling