127
5. Qizdirilgan o‘simlik yog‘iga
ugralarni oz-ozdan solib, tilla rangga
kirguncha qovurib olinadi. Bunda maxsus
tayoqcha bilan aralashtirib
turiladi. Bu ugralarning buralib, ya’ni gajak bo‘lib pishishiga olib kеladi
(16-rasm, g).
6. Sirlangan kastrulkaga asal solib olovga qo‘yiladi, u erib suyulgach,
shakar qo‘shib aralashtiriladi (ayrim hollarda 0,5 stakan suv ham solish
mumkin).
7. Hammasi 10–15 daqiqa qaynatiladi. So‘ngra
sovuq suvda qiyomning
tayyor bo‘lganligi tеkshiriladi (agar qiyom suvga tomizilganda qotsa
tayyor bo‘lgan hisoblanadi).
8. Chak-chak ugralarini gajak chiqmaganlarini tog‘oraga solib, qiyomni
sovimasdan cho‘michda ugralarga quyib kapgirda aralashtiriladi.
9. So‘ngra
likopchalarga solinib, qo‘l bilan bosib yopishtiriladi (qo‘l
kuymasligi va ugralar yopishishmasligi uchun oldin kaft sovuq suvga
tеgizib olinadi).
10. Uning ustidan chiroyli gajak ugralarni
qiyomlab bir tеkisda tеrib
chiqiladi, har xil shirinliklar bilan bеzatiladi (16-rasm, h, i).
Do'stlaringiz bilan baham: