Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

5-rasm. 
Iskanalar: a – o‘yuvchi iskana; b – yo‘nuvchi (qirquvchi) iskana.
a)
b) 


17
Yo‘nuvchi iskanalar yordamida taxtalarning chetlariga faska 
chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib kengaytiriladi. 
Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. Qalin va 
qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar yordamida 
bajariladi. 
Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bun dan 
qat’i nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi (6-rasm). Yo‘nuvchi 
iskanalarning eni 4 mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 
mm dan 20 mm gacha bo‘ladi.
O‘yish-teshish ishlarida quloq, uya va teshiklarning kengligiga qarab 
unga mos iskanalar tanlanadi. Teshik enidan katta iskana ishlatishga 
ruxsat etilmaydi. Kichik o‘lchamdagi iskanalar bilan esa katta teshik va 
uyalarni ochish ham mumkin.
Yog‘och taxtalarni yo‘nish, o‘yish-teshishda nov shaklidagi iskanalar 
ishlatiladi. Ular yordamida silindrik teshik va uyalar o‘yish, sirtlarda 
nov ochish ishlari bajariladi. 
Iskanalar bir tomonlama charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning 
o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18–25°, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik 
burchagi 25–35° atrofida bo‘ladi.
6-rasm. Nov iskana turlari.
Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, yong‘oq 
kabi pishiq yog‘ochlardan tayyorlanib, dastani iskanaga biriktirilgan 
joyiga metall halqa kiydiriladi. Halqalar iskanaga bolg‘a bilan urilganda 
dastani yorilishdan saqlaydi. Iskanalar yog‘och to‘qmoq bilan uriladi. 
Iskana dastalari plastmassadan ham tayyorlanadi.


18
Mustahkamlash uchun savollar
1. O‘lchov andazalari nima uchun ishlatiladi?
2. Yog‘ochni arralash uchun qanday arralar ishlatiladi?
3. Arralar bir-birlaridan qaysi belgilariga qarab farqlanadi?
4. Iskanalar qanday turlarga bo‘linadi?
5. O‘yuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi?
6. Yo‘nuvchi iskanalarnihg tig‘i qanday shakllarda bo‘ladi?
7. Kesuvchi iskanalar bilan qanday ishlar bajariladi?
8. Iskana bilan ishlashda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish shart?

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling