Shavkat Sharipov, Odil Qo‘ysinov, Qumrinisa Abdullayeva


 ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN


Download 6.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/145
Sana07.11.2023
Hajmi6.72 Mb.
#1753389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145
Bog'liq
Αzbekiston r espublikasi

1.2. ASBOB-USKUNALAR, MOSLAMALAR VA ULARDAN 
FOYDALANISH
Yog‘ochga ishlov berishda qo‘l asboblaridan foydalanish 
texnologiyasi
Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni 
o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan 
foydalaniladi.
O‘lchash deb yog‘och materialning o‘lchamlarini va shaklini 
aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar, 
xatkash va o‘lchov andazalari kiradi.
O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi. 
O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli 
kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. 
Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi.
Arralar 
Arralar yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni 
turli yo‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Bunda 
yog‘och ko‘ndalangiga, bo‘yiga, har xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar 
bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan turli arralar yordamida bajariladi. 
Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli 
arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun 
maxsus arralar ishlatiladi. 
Arralar qo‘larra (dastarra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin 
(g‘o‘labo‘r) arra va taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p 


15
a) b) d) 
4-rasm. 
Arra turlari: a – burcharra; b – g‘o‘labo‘rarra; d – dastarra.
Qo‘larralarning burcharra, burama yoyarra deb 
ataladigan turlari mavjud
Burcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash 
ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun 
kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa 
tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. 
Moslamaga o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq
2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat.
Bu arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir 
orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash 
kerak. Burcharralar kashakliarra, yoyarra deb ham ataladi. 
Burama yoyarralar taqasimon tutqichga mahkamlanadi. Ular 
yupqa, ensiz va kaltaarra tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib, 
faner, yupqa taxta va boshqa materiallardan shakldor buyumlar yasash 
uchun ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6–1,25 mm eni 
2–10 mm
, uzunligi 200–350 mm gacha bo‘ladi. Burilma arralar lobzik 
yoki qilarra deb ham ataladi. 
bo‘lib, ularning asosiy qismi po‘latdan tayyorlanadi. Arra tanasining 
uzun tomoni yonidan tish chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra 
uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, 
tor, ingichka va qilarra turlarga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra 
bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining 
kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu arralar 
faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. 


16
Sarjinarra yog‘och g‘o‘lalarini 2 kishi bo‘lib qirqish uchun ishlatiladi. 
Bu arralarning tanasi uzun va keng bo‘lib, uning ikki uchiga yog‘och 
dastalar o‘rnatiladi. Bu dastalarning o‘q chizig‘i arra tanasi bilan bir 
xil tekislikda bo‘ladi. G‘o‘labo‘rarra yo‘g‘on yog‘ochlardan ikki kishi 
bo‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu arradan foydalanishda yog‘ochni 
taxta tiluvchilarning biri uning ostida, ikkinchisi ustida turib arralashlari 
uchun maxsus tayyorlangan joyga mahkamlanadi. G‘o‘labo‘rarraning 
dastalari uning tanasi tekisligini ikki yoniga tik chiqib turadigan holatda 
o‘rnatiladi. 
Arralar vazifasiga ko‘ra qirquvchi, tiluvchi arralarga bo‘linadi. Bu 
arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi. 
Qirquvchi arralar yog‘ochni ko‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi. 
Ularning tishlari teng yoki uchburchak shaklda bo‘lib, ular arra tanasining 
davomidan o‘tkir uchlari tashqariga tik yo‘nalgan holda chiqariladi. 
Tiluvchi arralar yog‘ochni bo‘yiga arralab tilish uchun ishlatiladi. 
Ularning tishi o‘tkir burchakli bo‘lib, ular arra tanasi davomidan 
tashqarida tik yo‘nalgan uchburchak shaklda chiqariladi. 
Duradgorlik iskanalari. Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar 
tayyorlashda ularning qismlari ko‘pincha «tirnoq» chiqarish yo‘li bilan 
biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari bajariladi. Bu maqsadda har xil 
duradgorlik iskanalaridan foydalaniladi.
Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi 
iskanalarga bo‘linadi (5-rasm).

Download 6.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling