Shavkatov Nodir


Download 310.33 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi310.33 Kb.
#1363334
Bog'liq
porter original

Shavkatov Nodir.

Maykl Porterning Klaster nazariyasi.

Maykle Evgeniy Porter 1947-yil 23-mayda tug’ilgan. Biznes strategiyasi va ijtimoiy sabablar haqidagi nazariyalari bilan tanilgan Amerikalik akademik. U Garvard biznes maktabining episkopi Uilyam Lorens universiteti professori va monitor group konsalting firmasi ijtimoiy ta’sir bo’yicha maslahatchilarning asoschilaridan biri bo’lgan. U Porterning hozirgi kunda biznes strategiyasini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan beshta kuch tahlilini yaratgani uchun sharaflangan.

Maykl Porter

1. Tarmoq ichida sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat. 2. Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o‘z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga harakat qilishi. 3. Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi. 4. Xomashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari. 5. Xaridorlarni o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.

“Besh kuch” modeli

Tarmoqda talabning o‘sib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Talab bozor bilan birgalikda o‘sib boradi, kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi. 

1.Tarmoqdagi raqobatning strukturasi; 2.Talabning shart-sharoitlari; 3.Tarmoqqa kirish to‘siqlarning balandligi.

Porter nazariyasi bo‘yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo‘lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini ko‘rishimiz mumkin.

Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) bog‘liqdir. Fragmentlangan tarmoqda potensial xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan yengildir. Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda odatda katta va mustaqil kompaniyalar faoliyat ko‘rsatadilar. Ya’ni bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga bevosita ta’sir qiladi, natijada ular tezda bunga javoban xarakat qilib, raqobat kuchaytirishi ma’lum bolgan.


Download 310.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling