Davlat mexanizmi – jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini
himo ya qilishni amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi.
Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda
bo‘l gan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan
ibo rat jamiyat.
Huquqiy davlat – huquqning ustuvorligi hamda sud mustaqilligi
ta’min lanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat
hoki mi yati vakolatlar bo‘linishi tamoyili asosida amalga oshiriladigan
demok ratik davlatdir.
Prezident – so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy
ma’nosi “ol din da o‘tiruvchi” demakdir.
Axloq – kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi
talab va qoidalar yig‘indisi.
Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan va u tomonidan himoya
qilinadigan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining tizim
Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza
qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi huquq normasi
deyiladi.
Huquq tizimi – bu jamiyatdagi mavjud huquq normalarining bir
butun voqelik sifatida harakatlanishi, huquq normalari va sohalarini
muayyan izchillikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda joylanishi
Ayrim shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan va huquq normalari
bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar
deyiladi.
Huquqiy munosabat — uning ishtirokchilari o‘rtasidagi huquqiy
(yuri dik) aloqalar bo‘lib, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarida
namo yon bo‘ladi.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakati nimaga qaratil
gan bo‘lsa, ushbu narsa huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya’ni huquq va majburiyat
ega lari huquqiy munosabatlarning subyektlari hisob lanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |