Huquq layoqati, asosan, kishining tug‘ilishi bilan vujudga keladi va
vafot etishi bilan tamom bo‘ladi.
Muomala layoqati o‘z harakatlari asosida huquqlarni amalga oshirish
va yuridik majburiyatlarni bajara olish imkoniyatidir.
Qonunchilik – vakolatli davlat organlarining qonun chiqarish
faoli yati hamda har bir vakolatli davlat organining qat’iy belgilangan
huqu qiy-normativ hujjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.
Huquqbuzarlik – o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga
javob bera oladigan shaxsning huquqqa zid xatti-harakatidan kelib chi
quv chi aybidir.
Jinoyat – jamiyat uchun xavflfl i bo‘lgan qilmish (harakat yoki
ha ra kat sizlik).
Yuridik javobgarlik – huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning
huquq normalariga asoslangan, o‘z qilmishi uchun javob berishi, davlat
maj burlov choralari ko‘rinishidagi oqibatlarga duchor bo‘lishi va ularni
boshi dan kechirishidir.
“Prokuror” fransuzcha so‘z bo‘lib, “qoralovchi” degan ma’no
ni anglatadi. Lekin lotinchada bu so‘z “g‘amxo‘rlik qilish” ma’nosini
ang latadi.
“Adliya” so‘zi arabchada “adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik”
ma’nolarini bildiradi
“Advokat” lotincha so‘z bo‘lib, “himoyachi”, “oqlovchi” de
gan ma’noni bildiradi.
Advokatura – huquqiy institut (alohida guruh) bo‘lib, u
advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy
advokatlik bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ixti
yoriy, kasbiy birlashmasidir.
Notarial idoralarida ishlovchi mansabdor shaxslar nota rius lar
deb ataladi, ular bajaradigan ishlar notarial ishlar deb yuritiladi.
Emansipatsiya – lotincha “emancipatio” so‘zidan olingan
bo‘lib, huquqlarda tenglashish degan ma’noni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |