Shaxs dinamik sohasining psixologik konsepsiyalari


Download 1.95 Mb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1556570
1   2
Bog'liq
SHAXS DINAMIK SOHASINING PSIXOLOGIK KONSEPSIYALARI

o‘nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo‘naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan barqaror motivlar yig‘indisiga aytiladi. 
Masalan, o‘quvchi hulq-atvori yaxlitligicha ko‘rib chiqilganida, uning psixologiyasi tahlilida barqaror motivlarni aniqlash zarur. 
Mana shu holatdagina o‘smirning harakati tasodifiyligi yoki qonuniyatga asoslanganligiga baho berish, uning takrorlanish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra olish, shaxs sifatlarining ba’zilarini bartaraf etish, boshqalarining rivojlanishini esa rag‘batlantirish mumkin. 
Motivlar u yoki bu darajada anglangan yoki umuman anglanmagan bo‘lishi mumkin. Shaxs yo‘nalganligida asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
Shaxs yo‘nalganligi doimo ijtimoiy belgilangan bo‘ladi va tarbiya jarayonida shakllanadi.
Yo‘nalganlik – bu shaxsning xususiyatlariga aylangan va havas, istak, intilish, qiziqish, moyillik, ideal, dunyoqarash, e’tiqod kabi shakllarda namoyon bo‘ladigan mayllar. Bu shakllarning asosida faoliyat motivlari yotadi.
Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak faoliyat motivi sifatida ehtiyojning etarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. 
Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. Intilish istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. 
Qiziqish – bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. 
– hozirgi zamon psixologiyasining markaziy muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalar ko‘rib chiqildi.
Psixik taraqqiyot to‘laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‘lgan muayyan jarayon sifatida, ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga ko‘rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi.
Shunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin.
Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot qiluvchi konsepsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zining ichki qonunlariga to‘laligicha bo‘ysunadigan hodisa sifatida o‘rganiladi.
Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig‘imi» sifatida o‘rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar ko‘proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz.
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir bo‘ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Bu konsepsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning barcha xususiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo‘ysunadi.
Ko‘p hollarda bu konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‘llaniladi, bu qonunga ko‘ra, individ taraqqiyoti o‘zi tegishli bo‘lgan tur evolyusiyasining asosiy ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. 
Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‘lmasligi, barcha ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi fikr hisoblanadi.
Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‘rtasida juda keng tarqalganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi.
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ular ham rekapitulyasiya g‘oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi.
Ushbu konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy rivojlanishi, avvalambor, ma’naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‘z tasdig‘ini topgan.
Shunga o‘xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. Shtern yanada yorqin tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta’limotda rekapitulyasiya tamoyili ham hayvonlar psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat ma’naviyatining taraqqiyoti tarixini qamrab oladi.
Uning yozishicha: «Inson individi go‘daklik davrining birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki yoshda gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so‘ng oddiy insoniy holatga erishadi.
O‘yin va ertaklarning birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‘ngra maktabga o‘qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo‘lgan madaniyatga a’zo bo‘lishining ontogenetik taqqoslanishidir.
Maktab davrining birinchi yillarida ko‘hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‘ta mutanosibdir, o‘rta maktab yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat etuklik davrida YAngi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma’naviy darajalarga erishiladi».
Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan bo‘lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi.
Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo‘ldi. Shaxs haqidagi birinchi ta’riflar etarli darajada kengroq edi.
Ular o‘z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o‘ziniki bo‘lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.
XIX asrning birinchi o‘n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi.
Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar.
Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‘ldi.
Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi.
Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, zatormojennosti va qo‘zg‘aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham aksentuirovannuyu shaxsga ta’rif berish mumkin edi. 
Shunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. 
Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli emas.
Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin.
XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila boshladi.
XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo‘llanildi.
Shu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-344-358.
  • 2. Safayev N.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.75-79.
  • 3. David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-553-593.
  • Internet sayt: 
  • 1. www.expert.psychology.ru 
  • 2. www.psycho.all.ru 
  • 3. www.psychology.net.ru 
  • 4. www.psy.piter.com 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling