Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor


Shaxsning ijtimoiylashuvining asosiy bosqichlari


Download 343.59 Kb.
bet2/6
Sana14.04.2023
Hajmi343.59 Kb.
#1356450
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ШАХСНИНГ ИЖТИМОИЙ ИЖТИМОИЙ ХУЛК АТВОР

Shaxsning ijtimoiylashuvining asosiy bosqichlari:

Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 1) faoliyat sohasi - umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan, faoliyatlar soxasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadi, va o‘ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 2) muloqot sohasi - ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot tizimi bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladi, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 3) o‘z-o‘zini anglash sohasi - ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni, o‘zini boshqalardan farqliligini, mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglashi, o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadi.

Shaxsning ijtimoiylashuvi - har bir shaxsning jamiyat ijtimoiy hayoti, ijtimoiy institutlar tizimiga faol qo’shilish jarayonidir. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro‘y beradigan shart - sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Institutlar – shaxs, guruh uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy rollarni namoyon etish imkonini beradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyg’unlashtiriladi. Ehtiyoj turiga qarab beshta asosiy ijtimoiy institutlar farqlanadi: 1) jinslarning ko‘payishi, jamiyatni axoli soni bilanga ta’minlash ehtiyoji asosida (oila instituti); 2) xavfsizlik va tartib-intizom, nazorat o’rnatishga bo‘lgan ehtiyojlar (davlat institutlari); 3) mavjudlik vositalarini ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj mehnat jamoasi); 4) bilimlarni uzatish, yosh avlodni ijtimoiylashtirishga bo‘lgan ehtiyoj (maktab va boshqa ta'lim muassasalari); 5) ma’naviy muammolarni hal qilish ehtiyojlari (din instituti)


2. Ijtimoiy institutlar - inson faoliyatining muhim sohalarini tartibga soluvchi ob’ekt sifatida.
Ijtimoiy institutlar-ijtimoiy hayotni tashkil etish va tartibga solishning barqaror shakllari bo‘lib ular muayyan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan rollar va maqomlar to‘plami sifatida xarakterlanadi.
1) birgalikda yashash uchun muhim bo‘lgan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan muayyan shaxslar guruhi; 2) barcha guruh nomidan ayrim a’zolar tomonidan bajariladigan funksiyalar majmuasining muayyan tashkiliy shakllari; 3) Vakolatli shaxslarga ehtiyojlarni qondirish yoki guruh a’zolarining xatti-harakatlarini tartibga solish maqsadida ijtimoiy funksiyalarni bajarishga imkon beruvchi moddiy muassasalar va faoliyat vositalari to‘plami; 4) Institutlar, ayniqsa, guruh uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy rollar deb ataladi.

Download 343.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling