Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor


Insonning holati darajasi


Download 343.59 Kb.
bet4/6
Sana14.04.2023
Hajmi343.59 Kb.
#1356450
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ШАХСНИНГ ИЖТИМОИЙ ИЖТИМОИЙ ХУЛК АТВОР

Insonning holati darajasi:


1) shaxsiy status – shaxsning shaxsiy fazilatlari bilan belgilanadigan va kichik guruh a’zolari tomonidan qanday baholanishi va qabul qilinishiga bog‘liq bo‘lgan kichik guruhdagi (oila, maktab sinfi, talabalar guruhi, tengdoshlar jamoasida) shaxsning pozitsiyasi-mavqeyi belgilanadi;
2) ijtimoiy-guruh statusi – bu katta ijtimoiy guruhning (irqiy, millat, jins, sinf, qatlam, din, kasb) vakili sifatida jamiyatda shaxsning egallagan pozitsiyasi o’rni. Bu jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishida ijtimoiy guruhning pozitsiyasiga bog‘liq, bu guruh a’zolarining ijtimoiy etukligi, ongliligi, ma’suliyati darajasiga bog’liq.

Ijtimoiy status-mavqening turlari:


1) tug‘ilgan va tegishli status – bavosita har bir kishi tomonidan egalik va mansublik qilinadi inson intilishlari (millati, jinsi, irqi, oilasi, qarindoshlik tizimidasi o’rni bo‘lib – o‘g‘li, qizi, ukasi, singlisi ro’lini egallaydi.);
2) Tegishli ijtimoiy shartli, (qaynona, qaynota, qayni opasi, qayni akasi, qaynisingil) ro’llar;
3) Ijtimoiy guruhlar yordamida insonning hulq-atvori, xatti-harakatlari orqali erishilgan status-mavqe:
a) lavozim (masalan, direktor, menejer);
b) unvon (general, xalq artisti, faxriy o‘qituvchi, dotsent, professor);
v) ilmiy daraja (fan nomzodi, fan doktori, );
d) professional-mutaxassis a’zoligi (O‘zbekiston xalq artisti yoki faxriy sport ustasi);
4) asosiy status -(tug‘ilgan, tegishli, erishilgan, shaxsiy);
5) asosiy bo‘lmagan qisqa muddatli vaziyatlar tufayli shartli statuslar yo‘lovchilar, bemor, guvoh, tomoshabin).

Ijtimoiy xulq atvor


Shaxsning xatti-harakati birinchi navbatda ijtimoiylashuv bilan belgilanadi Xulq-atvor farqlari sotsializatsiya jarayonida o’zlashtirilgan fazilatlarga va ma’lum darajada-tug‘ma va orttirilgan psixologik o‘ziga xos xususiyatlarga bog‘liq.
Aniq maqsadga ega bo‘lgan oqilona, reja asosidagi xulq-atvor ongli, anglanilgan harakat deb hisoblanadi.
Ma’lum ongli usullar va vositalarni jalb qilish bilan amalga oshiriladigan xatti — harakatlar faqat tirik mavjudotning tashqi va ichki o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabatidir.
Ijtimoiy xatti-harakatlar jismoniy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va ijtimoiy muhitga munosabat sifatida paydo bo‘lgan insoniy xulq-atvor jarayonlarining to‘plamidir.

Download 343.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling