Shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga otishdagi inqiroz
Download 196.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqshaxs-rivojlanishi-va-o-spirinlik-davriga-otishdagi-inqiroz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so’zlar
Shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga otishdagi inqiroz Xusnidabonu Yaxyobek qizi Niyozova Jaxongirmirzo Sharobiddin o’g’li Qo’chkarov Andijon davlat universiteti Annotatsiya: Kelajakka intilish ilk o’spirinlarning psixologik xususiyati hisoblanadi. Ilk o’spirinlik davrida shaxs rivojlanishining muhim omili hayotiy rejalar qurish, hayotiy istiqbollarni anglash hisoblanadi. Hayotiy reja keng tushuncha bolib, shaxsiy o’z-o’zini belgilashning barcha sohasini qamrab oladi. Kelajakka hayotiy rejalar qurish, kasbiy o’z-o’zini belgilash o’spirinlik davridagi markaziy psixologik yangilikdir. Ushbu maqolada shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga otishdagi inqirozlar keng yoritilib berilgan. Kalit so’zlar: O’spirin, inqiroz, shaxs, rivojlanish Personality development and crisis in adolescence Khusnidabanu Yakhyobek kizi Niyozova Jakhongirmirza Sharobiddin oglu Kuchkarov Andijan State University Abstract: Aspiring to the future is a psychological characteristic of early adolescents. An important factor of personality development in early adolescence is making life plans and realizing life prospects. A life plan is a broad concept that covers all areas of personal self-determination. Making life plans for the future, professional self-determination is the central psychological innovation in adolescence. In this article, personality development and crises in adolescence are widely covered. Keywords: Adolescent, crisis, personality, development Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 657 borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-ahlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Shxsning rivojlanishdagi xususiyatlarini o’spirinlarda ko’rib chiqamiz. Bu davrda har bir shaxs rivojlanish bilan birga yosh inqirozini ham boshidan kechiradi. O’spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga hosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir. O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatani e’zozlashi, sеzish va fahmlashga ko’proq moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi nеgizida o’zini tarbiyalash istagi tug`iladi. O’spirinlarda shaxs rivojlanishi va ulardagi vujudga keladigan inqirozlarni juda ko’plab olimlar o’rgangan. E.Erikson, I.R.Straxov, A.L.Shnirman kabi chet el olimlari tadqiqotlarida o’spirinlarning rivojlanish va ulardagi inqirozni o’rganish bosh mazvusi hisoblanib keldi. Bu mavzu bizning olimarimizning tadqiqotlarida ham bosh mavzu bo’lib keldi. Jumladan, A.Jabborov, O.U. Avliyayev, G’.B.Shoumarov, F.A.Akramova va boshqa olimlarimiz samarali ish olib borishgan. M.G.Davletshin rahbarligi- da M.T.Isakova tomonidan otkazilgan «Yuqori sinf o’quvchilari xarakter xislatlarining shakllanishida milliy ananalarning tasiri» mavzusida ilmiy izlanish olib borilgan. Tadqiqotda ozbek etnik guruhiga xos bolgan yuqori sinf oquvchilari xarakter xislatlarining etnopsixologik xususiyatlari, yani Vatanga muhabbat, kat- talarga hurmat, mehnatsevarlik, rostgoylik, uyatchanlik, kamtar- lik kabi xislatlarning shakllanishiga milliy ananalarning tasiri organilgan. E.Erikson o’spirinlik davridagi "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 658 o’z-o’zini belgilash-indentlik inqirozini o’rgangan. Eriksonning takidlashicha, identiklik inqirozi bir necha qa- rama-qarshiliklarni oz ichiga oladi: - vaqtinchalik istiqbol; - o’ziga ishonish yoki tortinchoqlik; - turli rollarni sinab ko’rish yoki bir rolda qotib qolish; - shogird tushish; - lider munosabati (avtoritetning noaniqligi yoki davomchisi); - g’oyaviy e’tiqod yoki qadriyatlar tizimining aralashib ketishi. O’spirinlik davrida o’spirin yoshlarda bir nechta inqirozlarni boshidan kechiradi. O’spirin o`quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot, madaniyat, ijti-moiy xayot guzalliklarini paykash, idrok qilish, sеvish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy ozuka olish xislatlari paydo bo`ladi. Ular-ning psixologiyasida mayin sado, yokimli nido, kalbni to’lqinlantiradigan musiqa, nozik xis-tuygu, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi. Ayniqsa, etsеtik xislar ularning ma’naviyatidagi kupol, noxush, xunuk va yokimsiz kiliklarning yukolishiga yordam bеradi. Shunga karamay uspirin yigit va qizlar orasida etsеtik tuygusi to`la shakllanmagan, noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgan shaxslar xam uchraydi. O’spirinlarda sеzgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi, mantikiy xotira, eslab kolishning yul va vositalari ta’lim jarayonida еtakchi rol uynay boshlaydi. Uspirinlar topshiriklarni bajarishda, ularning ma’nosi xamda moxiyatini to`la anglab ish to`tadilar, eslab kolish, saklash, esga tushirish jarayonlarining samarali usullaridan unumli foydalanadilar. O’spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo`lmasligi sababli ular ko`proq xatoga yo`l qo`yadilar. O’z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tеz va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko’ngilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Download 196.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling