Shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga otishdagi inqiroz


Download 196.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.08.2023
Hajmi196.77 Kb.
#1666371
  1   2
Bog'liq
shaxs-rivojlanishi-va-o-spirinlik-davriga-otishdagi-inqiroz



Shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga otishdagi inqiroz 
Xusnidabonu Yaxyobek qizi Niyozova 
Jaxongirmirzo Sharobiddin o’g’li Qo’chkarov 
Andijon davlat universiteti 
Annotatsiya: Kelajakka intilish ilk o’spirinlarning psixologik xususiyati 
hisoblanadi. Ilk o’spirinlik davrida shaxs rivojlanishining muhim omili hayotiy 
rejalar qurish, hayotiy istiqbollarni anglash hisoblanadi. Hayotiy reja keng tushuncha 
bolib, shaxsiy o’z-o’zini belgilashning barcha sohasini qamrab oladi. Kelajakka 
hayotiy rejalar qurish, kasbiy o’z-o’zini belgilash o’spirinlik davridagi markaziy 
psixologik yangilikdir. Ushbu maqolada shaxs rivojlanishi va o’spirinlik davriga 
otishdagi inqirozlar keng yoritilib berilgan. 
Kalit so’zlar: O’spirin, inqiroz, shaxs, rivojlanish 
Personality development and crisis in adolescence 
Khusnidabanu Yakhyobek kizi Niyozova 
Jakhongirmirza Sharobiddin oglu Kuchkarov 
Andijan State University 
Abstract: Aspiring to the future is a psychological characteristic of early 
adolescents. An important factor of personality development in early adolescence is 
making life plans and realizing life prospects. A life plan is a broad concept that 
covers all areas of personal self-determination. Making life plans for the future, 
professional self-determination is the central psychological innovation in adolescence. 
In this article, personality development and crises in adolescence are widely covered. 
Keywords: Adolescent, crisis, personality, development 
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, 
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga 
xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit 
inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i 
kerak. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan 
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. 
Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan 
yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
657


borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining 
manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Kadrlar tayyorlash 
milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim 
sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida 
ta’riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va 
ma’naviy-ahlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Shxsning rivojlanishdagi 
xususiyatlarini o’spirinlarda ko’rib chiqamiz. Bu davrda har bir shaxs rivojlanish 
bilan birga yosh inqirozini ham boshidan kechiradi. 
O’spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z 
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta 
boshlaydilar. Shunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va 
dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, 
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada 
va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki 
bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga hosligini namoyon etish, boshqalarning 
diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari 
nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z 
qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri 
yo’nalish berishlari o’ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa 
boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-
muloqoti muhimdir. O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq 
yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, 
vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatani e’zozlashi, sеzish va fahmlashga ko’proq 
moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi nеgizida o’zini tarbiyalash istagi 
tug`iladi. 
O’spirinlarda shaxs rivojlanishi va ulardagi vujudga keladigan inqirozlarni juda 
ko’plab olimlar o’rgangan. E.Erikson, I.R.Straxov, A.L.Shnirman kabi chet el 
olimlari tadqiqotlarida o’spirinlarning rivojlanish va ulardagi inqirozni o’rganish 
bosh mazvusi hisoblanib keldi. Bu mavzu bizning olimarimizning tadqiqotlarida ham 
bosh mavzu bo’lib keldi. Jumladan, A.Jabborov, O.U. Avliyayev, G’.B.Shoumarov, 
F.A.Akramova va boshqa olimlarimiz samarali ish olib borishgan. M.G.Davletshin 
rahbarligi- da M.T.Isakova tomonidan otkazilgan «Yuqori sinf o’quvchilari xarakter 
xislatlarining shakllanishida milliy ananalarning tasiri» mavzusida ilmiy izlanish olib 
borilgan. Tadqiqotda ozbek etnik guruhiga xos bolgan yuqori sinf oquvchilari 
xarakter xislatlarining etnopsixologik xususiyatlari, yani Vatanga muhabbat, kat- 
talarga hurmat, mehnatsevarlik, rostgoylik, uyatchanlik, kamtar- lik kabi xislatlarning 
shakllanishiga milliy ananalarning tasiri organilgan. E.Erikson o’spirinlik davridagi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) December 2022 / Volume 3 Issue 12
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
658


o’z-o’zini belgilash-indentlik inqirozini o’rgangan. Eriksonning takidlashicha, 
identiklik inqirozi bir necha qa- rama-qarshiliklarni oz ichiga oladi: 
- vaqtinchalik istiqbol; 
- o’ziga ishonish yoki tortinchoqlik; 
- turli rollarni sinab ko’rish yoki bir rolda qotib qolish; 
- shogird tushish; 
- lider munosabati (avtoritetning noaniqligi yoki davomchisi); 
- g’oyaviy e’tiqod yoki qadriyatlar tizimining aralashib ketishi. 
O’spirinlik davrida o’spirin yoshlarda bir nechta inqirozlarni boshidan kechiradi. 
O’spirin o`quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot, madaniyat, ijti-moiy xayot 
guzalliklarini paykash, idrok qilish, sеvish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy ozuka olish 
xislatlari paydo bo`ladi. Ular-ning psixologiyasida mayin sado, yokimli nido, kalbni 
to’lqinlantiradigan musiqa, nozik xis-tuygu, ezgulik xislari, mayllari kuchayadi. 
Ayniqsa, etsеtik xislar ularning ma’naviyatidagi kupol, noxush, xunuk va yokimsiz 
kiliklarning yukolishiga yordam bеradi. Shunga karamay uspirin yigit va qizlar 
orasida etsеtik tuygusi to`la shakllanmagan, noto`g`ri tasavvurga ega bo`lgan shaxslar 
xam uchraydi. O’spirinlarda sеzgirlik, kuzatuvchanlik takomillashib boradi, mantikiy 
xotira, eslab kolishning yul va vositalari ta’lim jarayonida еtakchi rol uynay 
boshlaydi. Uspirinlar topshiriklarni bajarishda, ularning ma’nosi xamda moxiyatini 
to`la anglab ish to`tadilar, eslab kolish, saklash, esga tushirish jarayonlarining 
samarali usullaridan unumli foydalanadilar. O’spirinlarda kasblar haqida yaqqol 
tasavvur bo`lmasligi sababli ular ko`proq xatoga yo`l qo`yadilar. O’z qobiliyatlarini 
oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tеz va 
aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini bilmaydilar. 
Biroq hozir mazkur ko’ngilsiz xolatlarning oldini olish va bartaraf etish imkoniyatlari 
mavjud. 

Download 196.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling