Shaxs rivojlanishini davrlashtirishga oid glossariylar
Download 30.88 Kb.
|
2-TOPSHIRIQ R.Turayev 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy yo’nalganlik
- Kasbiy tayyorgarlik
- Programmalashtirilgan o’qitish (dasturlashtirilgan ta`lim)
Ijtimoiy bilimlar – til, fan, texnikada, odamlar avlodlari, taraqqiyot bilan yaratilgan moddiy va ma`naviy qadriyatlarda ifoda etilgan individual o’rganish jarayonlari natijalarini umumlashtirish, ob`ektlashtirish, birlashtirish mahsulotidir.
Kasbiy bilim - aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo’lgan nazorat, bilim, amaliy malaka va ko’nikmalar birlashmasidir. Kasbiy bilimdonlik - pedagogik jarayon mantig’ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko’ra olish, pedagogik tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo’nalishlarini tushunish, anglash. Kasbiy yo’nalganlik - shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo’lgan qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyoji va qat`iy ishonchi (A.B. Seyteshev); 2) kasb tanlash, qiziqish, qat`iy ishonch hamda kasb tanlash motivlari o’rtasidagi aloqaning shaxsiy sifatlarda etakchilik qilishi (N.K.Stepankova). Kasbiy tayyorgarlik - maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma`naviy-axloqiy , kasbiy sifatlarni o’zlashtirish asosida shaxsning muayyan kasbiy faoliyatni O’qitish texnologiyasi – ta`limni ilmiy asosda takomillashtirish sinonimi yoxud ilmiylik birinchi galda u yoki bu echimning qimmati to’g’risidagi xususiy fikrga emas, balki qabul qilinayotgan echimlarning ilmiy dalillarga asoslanishini belgilaydi. Programmalashtirilgan o’qitish (dasturlashtirilgan ta`lim) – o’quv jarayonini muayyan tartib (dastur) asosida tashkil etish. Bunday o’qitish kibernetika, informatika, matematik logika va hisoblash texnikasining samarali tamoyillari va murakkab tizimlaridagi boshqarish vositalarining pedagogikada joriy etilishi natijasi bo’lib, 20-asrning 50 yillarida paydo bo’ldi. DT o’quv materiallarini kichik-kichik qismlarga bo’lish, uni muayyan tartibda bayon etish, ushbu qismlarning biridan ikkinchisiga o’tish tartibi (qoidalari)ni belgilash, xususan, har bir qismni o’zlashtirish yuzasidan aniq ko’rsatmalar, topshiriqlar berish, o’z-o’zini nazorat qilishni ta`minlash kabi yo’llar bilan amalga oshiriladi. Download 30.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling