Shaxs rivojlanishini davrlashtirishga oid glossariylar


Tabaqalashtirilgan o’qitish (tabaqalashtirilgan ta`lim texnologiyasi)


Download 30.88 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi30.88 Kb.
#1485078
1   2   3   4
Bog'liq
2-TOPSHIRIQ R.Turayev 2

Tabaqalashtirilgan o’qitish (tabaqalashtirilgan ta`lim texnologiyasi) – bu texnologiyada ta`lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlarga bo’linishi hisobga olinadi. Ayniqsa, ularning guruhlarga bo’linishi ularning mazkur fanni o’rganishga bo’lgan shaxsiy qiziqishishaxsiy munosabatlari, o’sha sohaning boshqa amaliy va istiqbolli ahamiyatlarini baholay olishligi va shu kabilar asosiy mezon sifatida qaraladi. Bunda o’rganilayotgan manbaning (ma`ruzaning, bobning, fanning, kursning, sohaning va shu kabilar) mazmuni, hajmi, murakkabligi bilin bir-biridan farqlanadigan turli darajadagi o’quv dasturlari va rejalari, didaktik va innovatsion kommunikativ didaktik materiallar tayyorlanadi. Ularni bajarish va ulardan foydalanish metodologiyasi tayyorlanadi.

Ta`limni individuallashtirish – ta`lim oluvchiga mashg’ulolar jarayonida alohida yondoshish, uning qobiliyati, qiziqishlarini e`tiborga olib topshiriqlar berish. O’qitishni individuallashtirish:
-o’quv jarayonini tashkil etish bo’lib, unda o’qitish usullari, sur`atini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog’lanadi;

-individual yondashuvni ta`minlovchi turli o’quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma`muriy tadbirlardir.



SHaxsiy yondoshish - u pedagogikaning tamoyili bo’lib, unga ko’ra pedagog o’quv – tarbiya ishlar jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lish, individual xususiyatlariga asoslanish; o’quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish; barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik–pedagogik tadbirlar yaratish tushuniladi.

Tayanch signal – o’zaro uzviy bog’lovchi ramzlar (ishora, so’z, sxema, rasm va h.o) bo’lib, qandaydir ma`noli mohiyatni almashtiradi.

Tayanch konspekt - o’quv materiallari o’zaro bog’langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi o’rnida qo’llana oladigan ko’rgazmali konstruktsiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko’rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.

O’yinli texnologiyalar - o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.

O’yin funktsiyalari – maftunkorlik; kommunikativlik; o’z imkoniyatlarini amalga oshirish; davolovchilik; tashxis; millatlararo muloqot; ijtimoiylashuv
Download 30.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling