Shaxs rivojlanishini davrlashtirishga oid glossariylar
Download 30.88 Kb.
|
2-TOPSHIRIQ R.Turayev 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induktsiya
- Ehtiyojlar
Assotsiatsiya – tasavvur, his-tuyg’u, fikr va shu kabilarning bir-birini eslatadigan o’zaro bog’lanishi.
Qiyoslash – kerakli ma`lumotlarni bir-biriga taqqoslamoq, solishtirmoq Abstraktsiyalash – narsa, voqea, hodisalarning muhim tomonlarini aniqlash uchun ularning juz`iy tomonlarini xayolan bir chekkaga qo’yib turib qarash, shu tarzda fikr yuritish. Induktsiya – juz`iy xodisalardan umumiy natija chiqarish, ayrim faktlardan umumiy xulosaga kelish. Deduktsiya – umumiy holatdan xususiy xulosalarga kelish, xususiy xulosalar chiqarish. Bilim – amalda tekshirilgan atrof-dunyoni o’rganish natijalari, insonning miyasida uning aniq aks ettirilishidir. Malaka - mavjud bilimlari asosida o’zgargan yoki yangi sharoitlarda shaxsning faoliyatni samarali bajarishga qobiliyati hisoblanadi. Malaka – bu bilimlar yordamida mavjud axborotlarni tushunib olish, maqsadga erishish rejasini tuzish, faoliyat jarayonini boshqarish va nazorat qilish qobiliyatidir. Oddiy malakalar etarlicha mashq qilinganda avtomatlashtirilishi mumkin va ko’nikmalarga aylanadi. Ko’nikmalar - bu biror-bir harakatlarni avtomatik ravishda, qismlarini nazorat qilmay turib bajarish qobiliyatidir. SHuning uchun ba`zan ko’nikma – bu avtomatlashtirilgan malaka deb aytadilar. Ko’nikma va malakalar turli xil mantiqiy asoslar bo’yicha turlarga ajratiladi. Fikrlash – insonning atrof-dunyodagi ob`ektlar va hodisalarni hamda ularning bog’liqliklarini o’rganish, hayotiy muhim vazifalarni hal etish, noma`lumni izlash, kelajakni ko’ra bilish jarayonidan iboratdir. Fikrlash – bu ongning ishlash jarayoni, miyaning undagi bo’la va olinayotgan axborotlarni qayta ishlab chiqishi va natija olishidir. Ehtiyojlar – bu individning biror narsaga talabini ifoda etuvchi va odamning psixik kuchi va faolligi manbai hisoblangan uning fundamental xususiyatidir. Individual bilim (ong) - individning borliq bilan o’zaro munosabatlarida, yuzaga keladigan sezgi va aqliy obrazlari va ularning aloqalari to’plami, uning munosabatlar, mehnat, dunyoni o’rganish shaxsiy tajribasi; Download 30.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling