Shaxs tobe axloqining tavsifnomasi
Download 59.34 Kb.
|
Addiktiv axloq - deviant (og‘uvchi) axloqning ba’zi moddalarni qabul qilish yoki e’tiborini doimiy ravishda shiddatli hissyotlarini rivojlantirish va qo‘llab turishga yo‘naltirilgan faoliyatning ma’lum bir turiga qaratish vositasida o‘z ruhiy holatini o‘zgartirish yo‘li bilan voqelikdan qochishga intilish hosil bo‘lishi shakllaridan biridir. Bu jarayon kishini shunchalik qamrab oladiki, hatto uning hayotini boshqara boshlaydi. Kishi o‘z ishtiyoqi oldida nochor bo‘lib qoladi. Iroda kuchi zaiflashadi va addiksiyaga qarshilik ko‘rsatishga imkon bermaydi.
Addiksiyaning yemiruvchi xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, bu jarayonda his-hayajonli munosabatlar boshqa odamlar bilan emas, balki jonsiz predmetlar bilan o‘rnatiladi. Insonlar bilan hissiy munosabat o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, yuzaki bo‘lib qoladi. Addiktiv ravishda amalga oshirish usuli vositadan asta-sekin maqsadga aylanadi. Mushkul hollarda vaqti-vaqti bilan shubha va tashvishlardan chalg‘ish hamma uchun ham zarur, lekin addiktiv axloq holatida u hayot uslubi bo‘lib qolib, uning jarayonida inson doimiy ravishda real borliqdan qochuvchi qopqonga tushib qoladi. Addiksiya shakllari bir-biri bilan almashib turishi mumkin, bu esa muammo hal bo‘lishi haqidagi xom xayollarni yanada mustahkamroq va kuchliroq qilib qo‘yadi. Bu esa nafaqat addiktning o‘zi balki uning atrofidagilar uchun ham xavflidir. Addiktiv ravishda amalga oshirish do‘stlik, sevgi, faollik boshqa ko‘rinishlarining o‘rnini bosadi. U vaqtni, kuch, energiya va hissiyotni shu darajada yutib ketadiki, addikt hayotda muvozanatni saqlash, faollikning boshqa turlariga kirishish, odamlar bilan muloqotdan lazzat olish, qiziqish, relaksatsiyalanish, shaxsning boshqa tomonlarini rivojlantirish, o‘z maylini namoyon qilish, hatto eng yaqin kishilarini hissiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga layoqatsiz bo‘lib qoladi. Shaxslararo munosabatlar addikt uchun g‘oyat kutilmagan bo‘lib, ular katta harakatlar, ko‘pgina hissiy sarflar, fikrlash faoliyati g‘ayratni va o‘zini ayamaslikni talab etadi. Jonsiz moddalar, predmetlar va faoliyat turlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishni esa doimo oldindan bilib bo‘ladi, qulaylikka yetishish samarasi esa deyarli doim kafolatlangan bo‘ladi. Jonsiz predmetlarni manipulyatsiya qilish esa oson, shuning uchun vaziyatni nazorat qilish layoqatiga ishonch ortadi. Shunisi qo‘rqinchliki, addiktlarda manipulyatsiyali uslub shaxslararo muloqotlar doirasiga o‘tadi. Shunday qilib, addiktiv shaxsning olam bilan o‘zaro munosabatida o‘ziga xos qayta moslashuv sodir bo‘ladi: addiktiv vakillar bilan predmetli munosabatlar “jonlanadi” va shaxslararo munosabatlar “predmetlanadi”. Ma’lumki, umuminsoniy tajriba, ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar, bilimlar va faoliyat usullari shaxs tomonidan boshqa odamlar bilan muloqotlar jarayonida o‘zlashtiriladi. Addikt o‘zini bu jarayonlardan to‘xtata oladi, o‘z hayotiy tajribasini boyitishdan to‘xtaydi, shu orqali muloqotning eng muhim vazifalarini buzadi. Addiktning boshqa odamlar bilan birgalikdagi faoliyati jarayonida o‘zaro qiyinchiliklar yuzaga keladi. Muloqotning disfunksional jarayonlari bilan bir qatorda shaxslararo persepsiyaning identifikatsiya, empatiya, refleksiya kabi ahamiyatga ega bo‘lgan mexanizmlari buziladi, o‘zgarib ketadi va o‘z qimmatini yo‘qotadi. Demak, o‘zini hamkor o‘rniga qo‘yib ko‘rish, qo‘shilib qayg‘urish, o‘zini atrofdagilar qanday qabul qilishini tasavvur etish layoqati yo‘qoladi. Axloqning addiktiv shakliga ega bo‘lgan shaxslarning quyidagi psixologik xususiyatlari alohida ajratiladi: Inqirozli vaziyatlarga yaxshi chidamlilik bilan bir qatorda qiyinchiliklarga chidamlilikning pastligi. Bunga shaxsda gedonistik yo‘l-yo‘riqlar mavjudligi - darhol qoniqishga ega bo‘lish, o‘z istaklarini qondirishga intilish sabab bo‘ladi. Agar istaklar qondirilmasa, unda addiktlar yoki salbiy hissiyotlarning portlashi, yohud paydo bo‘lgan muammolardan qochish orqali munosabat bildiradilar. Tashqaridan namoyon qilingan ustunlik bilan uyg‘unlashgan nomukammallikning yashirin kompleksi. Kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi, ishonchsizlik, ularning layoqatlari obyektiv ravishda tekshirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan qochishda o‘z aksini topadi. Yolg‘on gapirishga intilish. Addiktlar ko‘pincha o‘z va’dalarida turmaydilar, subutsizliklari, qoidalarga rioya qilmasliklari bilan ajralib turadilar. Mustahkam his-hayajonli muloqotlar oldidagi qo‘rquv bilan uyg‘unlashgan tashqi ijtimoiy munosabatlar. Ular boshqalarning aybsizligini bilib tursa-da, ayblashga intiladilar. Qarorlar qabul qilishda javobgarlikdan qochishga intilish. Javobgarlikni boshqalarga ag‘darish, zarur vaqtda oqlovchi dalillarni izlash. Axloqning stereotipligi, takroriyligi. Axloqning yuzaga kelgan stereotipini oldindan bilsa bo‘ladi, lekin uni o‘zgartirish qiyin. Tobelik. Addiktiv yo‘nalishli boshqa odamlar ta’siriga bo‘ysunish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ba’zan passivlik, mustaqillikning yo‘qligi, madad olishga intilish kuzatiladi. Xavotirlilik. Nomukammallik, tobelik kompleksi bilan mahkam bog‘liq. Buning o‘ziga xosligi shundaki, krizisli vaziyatlarda xavotirlilik ikkinchi o‘ringa tushib qolishi mumkin, bunday vaqtda u oddiy turmushda yoki tashvishlar uchun haqiqiy sabab bo‘lmaydigan voqealarda yaqqol sabablarsiz yuzaga keladi. Download 59.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling