Shaxs tobe axloqining tavsifnomasi
Download 59.34 Kb.
|
Giyohvandlik va alkogolizm. Ijtimoiy sharoitlarni tadqiq qila borib, kim va qanday qilib narkotiklarni iste’mol qilishi haqida ko‘plab narsalarni bilib olish mumkin. Tarixiy o‘zgarishlar insonlarda yuzaga kelayotgan alkogolga qaramlik va uning oqibatlari xarakteriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Taxminan ikki yuz yil muqaddam odamlar o‘simlik xom ashyosidan toza kimyoviy moddalar olishni o‘rganib olishdi, bu esa kuchli va xavfli narkotiklar yaratilishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida teri ostiga inyeksiya yuborish uchun ignaning kashf etilishi giyohvandlarga organizmning tabiiy biologik himoya mexanizmlarini aldash imkonini yaratdi: ular narkotiklar juda sekin so‘riladigan, ularning achchiq ta’mi esa jirkanish va yoqimsiz tuyg‘ularni paydo qiluvchi oziq-ovqat yo‘lini chetlab o‘tgan holda narkotiklarni kiritishni boshladilar. XX asrda ko‘plab sintetik narkotiklar yaratilishi bilan giyohvandlarning imkoniyatlari kengaydi, ularning soni ortdi. Lekin madaniy muhitning narkotikka qaramlikka ta’siri bu bilan cheklanmaydi. Shubhasiz vaqtining ko‘p qismini ko‘p ichadigan odamlar bilan o‘tkazadigan kishilar ham spirtli ichimliklarni suiste’mol qiladigan bo‘lib qolishadi. Ayrim etnik guruhlar alkogolizmga boshqalardan ko‘ra ko‘proq moyildirlar, bu esa, chamasi, avloddan-avlodga o‘tuvchi spirtli ichimlik iste’mol qilish an’anasi bilan bog‘liq. Narkotiklarni iste’mol qilish ustidan jamiyat nazoratining susayishi narkotikka qaramlar sonining ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. Agar narkotik iste’mol qilish an’anasiga ega bo‘lmagan va uning kishiga ta’siri oqibatlariga tayyor bo‘lmagan madaniy muhitda paydo bo‘lsa, unga qaramlik epidemiya kabi ommaviy tus olishi mumkin. Amerikalik hindu qabilalari alkogol bilan tanishgan vaqtda shunday voqealar sodir bo‘lgan. Zamonaviy industrial jamiyatda giyohvandlikning yuqori darajada ekanligi sabablaridan biri narkotik moddalarni iste’mol qilishni tartibga soluvchi belgilangan qoidalarning mavjud emasligi bo‘lishi mumkin.
O‘zini-o‘zi yemiruvchi axloqning eng keskin shakli o‘zini-o‘zi asrash yoki hayotini asrash instinktining buzilishida namoyon bo‘ladi. Bu instinkt hayvonot olami, shu jumladan insoniyat turmushida muhim rol o‘ynaydi, chunki uning ta’siri tirik organizm faoliyatining asosiy stimullari – “jazo”, “lazzat” stimullariga asoslangan. Shuning uchun uning buzilishi gomeostaz - hayotiy muhim funksiyalarni ta’minlash va muvozanatlash kompleksining buzilishi bilan bog‘liq. Haqiqatdan ham, garchi ular hayvonot olamida odamlardagiga nisbatan kamroq uchrasada, o‘zini-o‘zini o‘ldirish holatlarini hayvonlarda, masalan, o‘zini-o‘zi o‘ldiruvchi kitlarda ham kuzatish mumkin. Jonivorlar ko‘pincha sherigini yo‘qotish, erkinlikdan mahrum bo‘lish va hatto egasini yo‘qotish oqibatida yuzaga kelgan og‘ir hissiy holatlarda o‘zini-o‘zi o‘ldirishga urinadilar. Bu ambivalent munosabatlar bir qator badiiy asarlarda o‘z aksini topgan. Shuning uchun, kishining o‘zini-o‘zi o‘ldirishi muammosi shuningdek, ratsional - ongli va irratsional - ichki his bilan sezish bilimlarining nisbatiga bog‘liq. Bu jihatdan kishi uchun o‘zini-o‘zi o‘ldirish vaqtinchalik chora hisoblanmaydi. Axir hech narsani hech narsaga almashtirib bo‘lmaydi. Download 59.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling