Shaxs va ijtimoiy normalar
Download 263.15 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqshaxs-va-ijtimoiy-normalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Keywords
Shaxs va ijtimoiy normalar Dilrabo Telmon qizi Ramazonova olimovlaziz82@gmail.com Gijduvon pedagogika kolleji Annotatsiya: Ushbu maqolada norma inson xulqi va munosabatlarini boshqaruvchi sifatida va shaxs va ijtimoiy normalar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: norma, inson xulqi, og‘ma xulq-atvor, delinkvent axloq, undov omillar, kognitiv jarayonlar, insonlar xulq-atvorini boshqarish. Personality and social norms Dilrabo Telmon qizi Ramazonova olimovlaziz82@gmail.com Gijduvon pedagogical college Abstract: This article, the norm is considered as a regulator of human behavior and relationships, and the individual and social norms are considered Keywords: Behavioral behavior, norm, human behavior, delinquent morality, motivational factors, cognitive processes, human behavior management. Jamiyat hayotidagi sodir bo‘layotgan turli o‘zgarishlar, barcha (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, diniy) tizimlarga nafaqat ijobiy balki, sezilarli darajadagi ijtimoiy- salbiy ta’sir qilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqyosida kuzatlayotgan iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy anomiya, turmush darajasidagi tafovutlar bu deviant muammolardir. Salbiy omillar natijasida jamiyat a’zolari o‘zlarini ojiz va xo‘rlangan, ijtimoiy loqayd, jismoniy va ma’naviy zararlangan hisoblashadi. Devaint xulq-atvor tip bu ko‘pincha yoshlar hisoblanadi. Yoshlar o‘rtasida og‘ish holatlariga esa ota-onalarning o‘z bolalariga e’tiborsizligi, nazoratsiz va qarovsiz bolalarning ko‘payishi sabab bo‘ladi. Yuqoridagi salbiy omillar ta’sirida yoshlarimizda giyohvandlik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, jinoyatchilik kabi illatlar tobora avj olib bormoqda. Yoshlarimiz orasida bunday holatlarning kuzatilish jamiyati taraqqiyoti, mamlakat mustaqilligi oilalar forovonligiga jiddiy xavf deyish mumkin. Deviant xulq-atvorning bir qancha salbiy jihatlarini eslash lozim (tibbiyot nuqtai nazaridan siptomlarning “xastalanishi”, huquqiy jihatdan “huquqbuzarlik”). Mavjud ijtimoiy normalar jamiyat tarixi taraqqiyoti davomida o‘zining aniq, murakkab xususiyatiga ega bo‘lib, inson faoliyati davomida ijtimoiy guruh, ijtimoiy tashkilotlarda turli uzilishlar orqali shakllanib "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 807 boradi. Tabiyki, ijtimoiy normalar biologik normalardan farqlanib, ijtimoiy guruh yoki tizimning individ xulqiga ijtimoiy ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishiga nisbatan reaksiyasi tushuniladi. Ijtimoiy norma jamiyat hayotini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shaxsning ijobiy xatti-harakati uchun rag‘batlantirish yoki yomon salbiy xatti-harakati uchun jazo belgilash bilan ijtimoiy nazorat vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy norma jamiyat boshqaruvining boshqa normalaridan farqlanib, aniq holatlar va yagona tizimga keltirlishi bilan, aniq ijtimoiy qadriyatlarning boshqarish vositasi, aniq ijtimoiy normlarda aks etish shakliga ko‘ra tashqi (misol uchun, huquqiy norma huquqiy aktlarda, jamoatchilik fikri xulqida, an’analarda, odatlarda, diniy - muqaddas manbalarda nasihatlarda, estetik ijodiy prinsiplarda, jamiyat me’yorlarida davlat tashkilotlarida va muassasalarida - qonunlar, nizom) bilan farqlanadi. Ijtimoiy norma ko‘pincha ijtimoiy munosabatlarda aks etib (ishlab chiqarish, huquqiy, boshqaruv, ma’naviy, ideologik), shaxs shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir qiladi. Ijtimoiy normalarni o‘zlashtirish natijasida kundalik turmush talablari jamiyat orqali ochib beriladi (sinf, guruh, jamoa). Shaxs xulqi u yoki bu guruh, sinf, ijtimoiy institut bilan a’loqalari natijasida shakllanadi. Har bir ijtimoiy norma imkoniyat beradi, ta’qiqlaydi, talab qiladi yoki xohish istaklarni ifodalaydi. Shaxs hayoti davomiligini ijtimoiy me’yorlar asosida shakllantirib, ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Jamiyatda insonlar faoliyati xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning xulqiy, ahloqiy, diniy hamda urf-odatlariga oid turlari mavjud. Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan moslashtirib borilgan shaxslar ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to‘siq bo‘luvchi me’yordan og‘ish holatlari ham mavjud bo‘lib, psixologiyada bu narsa “deviantlik holatlari”, undan tug‘iluvchi xulq-atvorni “deviant xulq-atvor” deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o‘rnatilgan ahloq me’yorlarga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq-atvor deganda quyidagilar nazarda tutiladi: A) Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. B) Ichkilikbozlik. 1) Alkogolni har zamonda iste’mol qilish. 2) Alkogolni ko‘p istemol qilish. 3) Alkogolizm, spirtli ichimliklarga patologik o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 808 C) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish. D) Fohishabozlik. U ikki turga bo‘linadi. 1-komkubinat - nikohsiz birga yashash. 2-fohishabozlik - pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arb mamlakatlarida asosan ikkinchisi qoralansa-da, sharqda ikkala holatga ham me’yordan og‘ish sifatida qoralanadi. Ulardan tashqari, xalqimizni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandalik kabi salbiy holatlar ham me’yordan chekinishning diqqat talab qiladigan ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhni og‘ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir. Ma’lumki, ijtimoiy me’yorlik va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun- qoidalaridagi ahloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. O‘rta asrlarda ahloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, sharq dunyosida ahloqiy-huquqiy me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar rivojlandi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yoriy va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Monteske, Russo, Bekkorio, Gelvesey, Didro, Golbax, Morelli va Furelar o‘z ilmiy izlanishlaridan ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarini topishga intildilar. XIX-asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me’yordan og‘ish holatlarini tushunturuvchi dastlabki ta’limot E.Dyurkgeymning “anomiya” g‘oyasi edi. Dyurkgeym fanga o‘zi kiritgan “anomiya” atamasi orqali qonunchilikni, qonunlarning tan olinmasligi va ularga amal qilnimaslikni tushunadi. Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. Dyurkgeymning “anomiya” g‘oyasini rivojlantirib, R.Merton deviant xulq-atvoriga quyidagicha ta’rif beradi: “Deviant xulq- atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarni bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlaridir:a) shaxs xususiyatlarining shakillanishida asosan uchta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: irsiy omillar; psixofiziologik omillar; shaxsining bilim darajasi: b) muammoli vaziyat shunday holatki, u sub’ektdan yechimini talab qiladi, uning yechimi ijtimoiy me’yorlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, u yoki u sabablarga ko‘ra, ushbu me’yorlarni qo‘llash qiynroq bo‘ladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 809 Eng katta muammoli vaziyat ziddiyatli holatlarda, ya’ni turli shaxslar yoki guruhlarning manfaatlari bir-birilariga to‘qnash kelganda yuz beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘z joniga qasd qilishlarning 40 foizi oilaviy mojarolardan paydo bo‘ladigan ziddiyatlar oqibatida sodir etiladi. Jamiyatda shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi muammoning va uni hal qilish imkoniyatlarining murakkabligi darajasiga ko‘ra muammoli holatning to‘rtta asosiy holati ko‘zga tashlanadi: Jamiyat a’zolari shaxsiy nuqtai nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy faol munosabatlarini tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining o‘rni va roli kattadir. “Ba’zilarga mumkin, boshqalarga mumkin emas», «Hozir yaxshi ertaga yomon” va shu kabi munosabat holatlarining ikkilamchi fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel standartlar yunalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir, shu boisdan har qanday holatlarda ham mansabdor shaxslar turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining rahbarlari, pedagog tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-atvor me’yorlarini buzishi qat’iy qoralanadi. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘zini-o‘zi o‘ldirishlar bilan bog‘liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko‘ra mohiyatan farqli jihatlarga egadir: Download 263.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling