Shaxs xarakteri


Download 437.51 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi437.51 Kb.
#1291039
Bog'liq
12.yuridik

Shaxs xarakteri

Reja

  • Xarakter haqida tushuncha.
  • Xarakterning fiziologik asoslari.
  • Xarakter strukturasi.
  • Xarakterning shakllanishi.
  • Shaxs psixodiagnostikasi

Xarakter haqida tushuncha.

  • Xarakter – (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o`z - o`ziga bo`lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti -harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir.
  • Xarakterologiya – xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot.

Xarakterning fiziologik asoslari

  • Isteriya (yunoncha hustera bachadon, XIX asr meditsinasida I.ya bachadon kasali deyilib, u faqat ayollarga xos deb hisoblanardi) – markaziy nerv sistemasining psixika harakatlar doirasi, sezgirlik kabilarning buzilishi bilan belgilanadigan funktsional o`zgarish: ruhiy kasallikning bir turi.
  • Konformlik – (lotincha conformis - o`xshash, mos) – individning gurux fikrlariga tashqi tomondangina qo`shilib, ichki tomondan esa qo`shilmay o`z fikrida qolishi, guruxga ongli ravishda moslashishi.
  • Moyillik – shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug`ullanishga doimiy intilishidan iborat individual xususiyat. Masalan: Muzikaga moyillik ilmiy tekshirish ishlariga moyillik va x.k. Moyillik shaxsning qiziqishlari va qobiliyati bilan uzviy ravishda bog`liq bo`lib, bu qiziqish va qobiliyatning tarkib topishi uchun ma’lum darajada asos bo`lishi ham mumkin.

Xarakterning fiziologik asoslari

  • Shaxsning individual - psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag`rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo`ylik, bahillik, g`amho`rlik, tortinchoqlik, quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari 2 ta katta gruppaga bo`linadi:

Xarakter strukturasi

  • Xarakterning ma’naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo`ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar;
  • Xarakterning irodaviy xislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat’iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o`z-o`zini tuta bilish kabilar.

Xarakter tug`ma o`zgarmaydigan xususiyat emas.

  • U kishining hayot sharoitlarga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o`ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo`ladigan har bir tipik vaziyat imotsional kechilmalarining individual o`ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog`liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo`ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo`lishi emas, balki diqqatning to`plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo`r berishga va shu kabilarga bog`liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog`liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin.

Xarakterning fiziologik asosi

  • Bir qancha olimlarning tadqiqotlarda odamlarning harakat usullari nerv sistemasi umumiy tipining xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va sharoitda bir xil ijobiy munosabatda bo`lish bilan solishtirib ko`rilgan. Bunda shu narsa aniqlangan-ki, nerv sistemasi umumiy tipining zid xususiyatlarga psixologik jihatidan zid bo`lgan xarakat usullari mos keladi. Masalan: sust nerv sistemasiga ega bo`lgan o`quvchilar yaxshi tanigan o`rtoqlarining tor doirasi bilan alohida qilishga loyiq bo`ladilar. Ular o`z tashabbuslari bilan o`zlari haqida kamdan-kam biror narsa aytadilar. Ular juda qiyinchilik bilan yangi tanish orttiradilar, ammo ular eski o`rtoqlari bilan uzoq vaqtga ajratayotgan bo`lsalar, ular bilan munosabatlarini uzushlari qiyin bo`ladi.

Odam xarakterining strukturasi

  • Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistema o`ziga ishonish, o`zidan mag`rurlanish, o`zbilarmonlik, maxtanchoqlik, urishqoqlik, o`ch olishlik, kekayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan ma’qullangan narsalarni sezmaslik, ko`pchilik tomonidan qabul qilgan xatti – harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo`shilishida nomayon bo`ladi. Boshqa bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo`shilgan holda namoyon bo`ladi.

Download 437.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling