Maxatma Gandi shunday yozgan ekan - «Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o`tira olmayman. CHunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo`lib, xonadonimni ag`dar-to`ntar qilib, o`zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman».
Jahon hamjamiyatining mustaqil O`zbekistonni tan olishi, davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o`zbek xalqining ma`naviy qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o`zini boshqa xalqlar oilasidagi to`la huquqli millat sifatida anglab etishiga keng imkon yaratmoqda Holis bo`lmagan axborotdan himoyalash borasida bir qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda - Shunday sharoitda Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha dalda bo`ladi: «Eng muhimi, qalbimizda g`ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko`tarib yashashga qodirmiz.
Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta`minlash imkoniyatlari. Shaxs turli mafkuraviy tahdidlardan qanday yo`llar bilan saqlanishi mumkin - Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta`minlash imkoniyatlari. Shaxs turli mafkuraviy tahdidlardan qanday yo`llar bilan saqlanishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |