Shaxsga jamoaviy tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish usullari reja


Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati


Download 86.5 Kb.
bet2/3
Sana23.09.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1685766
1   2   3
Bog'liq
Shaxsga jamoaviy tarbiyaviy ta\'sir ko\'rsatish usullari reja

Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati
Mehnat - shaxs va jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy mahsulotlarni yetishtirishga qaratilgan faoliyatdir.
Mehnat - inson faoliyatining tarixan vujudga kelgan dastlabki turi bo‘lib, odam yashashining asosiy va birinchi shartidir. Mehnat tufayli odam xayvonot dunyosidan ajralib chiqib, ongli mavjudotga - odamga aylandi.
Mehnat shaxsning rivojlanish shartidir. Odamning psixik jarayonlari faqat faoliyat jarayonida vujudga keladi. Shuning uchun faoliyatning turli ko‘rinishlarini o‘rganish keng psixologik ahamiyatga egadir. Mehnat jarayonida odam o‘z tabiatini o‘zgartirdi.
Insonning ongli va maqsadga qaratilgan mehnat faoliyati har vaqt ma’lum motivlarning bo‘lishini taqozo qiladi va u odamni ma’lum faoliyatga yo‘naltiradi.
Mehnat faoliyati o‘ziga xos xususiyatga egadir. Mehnat faoliyatining hamma turlari (aqliy, jismoniy, ijtimoiy foydali mehnat) bir-birlariga ta’sir qiladi, bir-birini to‘ldiradi, bu bilan odamning mehnat faoliyati to‘laqonli bo‘la boradi.
Mehnat faoliyati inson ongini har tomonlama shakllantiradi. Har tomonlama rivojlanish shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti shaxsning ongli aktivligidir. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, odam biror maqsadni ko‘zlab mehnat qilsa, bu mehnatning samarasini oldindan tasavvur qilsa, o‘sha mehnat unumli bo‘ladi. Mehnatda bola shaxsining harakteri va irodasi tarbiyalanadi, kuzatuvchanligi, diqqati rivojlanadi, analiz va sintez qilishga o‘rganadi, umumlashtiradi va taqqoslaydi. Mehnat yoshlarni ziyrak bo‘lishga, farosatlilik, epchillik, ixchamlik kabi sifatlarini, hayolini o‘stiradi.
Mehnat faoliyati bolaning axloqiy rivojlanishi va mukammallashishida katta ahamiyatga egadir. Mehnat bolalarni jismonan chiniqtiradi, estetik didlari, nerv sistemasining mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
Ta’lim - tarbiya jarayoni odamni ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlari uchun zarur bo‘lgan bilimlar, malaka hamda ko‘nikmalar bilan qurollantiradi. Ma’lumki, inson o‘z tabiati jihatidan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmay yashay olmaydi. Bola shaxsi tarkib topishining yo‘llaridan biri – mehnat faoliyatidir.
Mehnat faoliyati faqat shaxsni tarbiyalaydi degan umumiy xulosa chiqarib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, mehnat barcha sharoitlarda hamisha shaxsni tarkib toptiradi, ammo bu yerda gap umuman shaxsni tarkib topishi to‘g‘risida emas, balki shaxsni muayyan hislatlariga, sifatlariga, jamiyatga, jamoaga, dunyoqarash va e’tiqodlariga munosabatlarini to‘g‘ri yo‘naltirgan majmuaga - sistemaga ega bo‘lgan mustaqil jamiyat kishining shaxsini tarkib toptirish haqida boradi. Mehnat jarayoni shaxsni mehnatsevarlik, faollik, ozodalik kabi mehnatga bo‘lgan munosabatni ifodalash hislarini tarkib toptirishga, qiyinchiliklarni yenga olish fazilatlarini, kuch-g‘ayratini, aktivlik, qat’iylik kabi muayyan maqsadni ko‘zlash hislarini o‘stirishga; yalqovlik, loqaydlik, passivlikka barham berish kabi yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol tarbiyalashga qaratilgandir.
Inson shaxsini yetuk, barkamol tarbiyalash vositasi bo‘lgan mehnatni mohiyati uning maktab bolasi yoki yoshlar hayotida qanday o‘rin tutganligi emas, balki bolaning, yoshlarning - eng muhim ijtimoiy tushuncha munosabatini qandayligidan, qanday xarakterda ekanligidan, bolaning mehnat jarayonida kattalar va o‘rtoklari bilan qanday munosabatda bo‘lishlaridan iboratdir.
Bolalarni mehnatga ijobiy munosabatda bo‘lish, jamiyatga hurmat, o‘z xatti-harakatlarini kerakli tarzda yo‘lga solish va tuzatish jarayonlarini tarkib toptirish, bularning hammasi har qanday mehnat jarayonida ham emas, balki maxsus uyushtirilgan, muayyan tarkiblarda amalga oshiradigan mehnat faoliyatidagina yuz beradi. Shuning uchun bolalarni mehnat tarbiyasini to‘g‘ri uyushtirish - to‘g‘ri tashkil qila olish shu qadar muhimdir. Mehnat tarbiyasining muvaffakiyati ko‘p jihatdan bola shaxsini tarkib toptirish muvaffaqiyatiga bog‘liqdir.
Mehnat tarbiyasi tajribalari, pedagogik-psixologik izlanishlarga doir materiallar mehnatni haqiqatdan ham yoshlarni tarbiya olishiga aylantiradigan quyidagi shartlarni ifodalab berish imkonini yaratadi:
1.Bolalar mehnati ijtimoiy foydali bo‘lishi kerak. Bolalar o‘z mehnatining muayyan ijtimoiy qiymatga, ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi, kishilarga, jamiyatga, jamoalarga foyda keltirishini anglab yetmog‘i lozim.
2. Ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan foydali mahsulot mehnat natijasi bo‘lishi.
Bola o‘z mehnatini yaqqol va aniq ko‘rishi lozim. Shu munosabat bilan bolani o‘z mehnati natijalarining ijtimoiy vazifasi bilan mufassal tanishtirish, bolaga uning mehnatini kimga kerakligini ko‘rsatish juda muhim.
3.Bolalarning mehnati jamoa mehnati bo‘lmog‘i kerak. Jamoa mehnati - umumiy mehnat vazifalarini birgalikda bajaradigan, umumiy maqsad, umumiy vazifalar bilan birlashib qilinadigan mehnatdir. Mana shunday mehnatgina bolalarning, yoshlarning o‘z xatti-harakatlarini jamoa irodasiga bo‘ysundira olish sifatlarini tarbiyalaydi. Mehnat faoliyati jarayonida shaxsiy yutuqlargina mehnat manbai bo‘lsa, jamoatchilik sifatlarini tarkib toptirish uchun asos bo‘lmaydi. Jamoa bilan amalga oshiriladigan ish, yumush mehnatning umumiy natijalari, bolalarning (insonlarning) har birini ko‘rsatkichlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
4.Mehnat jarayonida bolalar o‘z-o‘zini uyushtirish va mustaqil mehnat qilishning har xil shakllarini qo‘llashlari lozim. Gap faqat bolalarning tashkilotchilik malakalarini hosil qilishdagina emas, balki o‘z-o‘zini uyushtirishning mustaqillikka rahbarlik qilish va bo‘ysunish malakalarini, ijodiy tashabbusni, ma’suliyat hamda jamoat manfaatlarini, ijodiy tashabbusni, his qilish sifatlarini taraqqiy ettirishga yordam beradi.
5.Bolalarning mehnati ularning o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lishi lozim.
6.Bolalarning mehnati ularning kuchiga yarasha bo‘lmog‘i lozim. Mehnat bolalarni haddan tashqari ko‘p kuch sarf qilishga, juda toliqib qolishga olib bormasligi lozim. Mehnat bolaning kuchiga, jismoniy rivojlanishiga, yoshiga mos bo‘lsa, unda bola muvaffaqiyatga erishadi, aksincha u mos bo‘lmasa, u bola psixikasiga qattiq ta’sir qiladi, bola o‘z kuchiga ishonchni yuqotadi, xatto kuchi yetadigan ishni bajarishdan ham bo‘yin tovlaydi.
7.Bolalarning mehnati ta’lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi yaxshi natija beradi, chunki ularning nazariy olgan bilimlari bilan mehnat faoliyatlarini uzviy ravishda shunday bog‘lash zarurki, ularning mehnati biologiya, kimyo, geometriyani bilishni, chizmalar chizish hamda ularni tushunib ola bilishni talab etsin.



Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling