Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari Reja


Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar


Download 25.64 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi25.64 Kb.
#1371122
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mavzu Shaxsiy ijod va ijodiy fikrlash vositalari Reja

1.3. Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali strategiyalar
Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun samarali, tahliliy fikrlashning olti quroli
Shaxsiy ijodkorlikni rivojlantirishda tahliliy fikrlashga aloqador tafakkur qurollarining soni faqat oltita emas, aslida ancha ko’p. Lekin biz eng muhimlarini tanlab olib, quyida ularni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
1-qurol: Talqin
Talqin deganda sizga taqdim etilgan axborotni to’g’ri tushunib, uni boshqalarga to’g’ri yetkazib bera olish qobiliyati tushuniladi.
Ishda yoki o’qishda siz turli holatlarda har xil ma’lumotlar bilan yuzlashasiz. Masalan, mijozlar uchun internet saytlarini yaratuvchi kompaniyada ishlasangiz, mijoz sizga qanday saytni xohlashi haqida o’z tushunchasi bilan ma’lumot beradi. Siz bu ma’lumotni to’g’ri tushunib, uni rahbariyatingizga yoki saytni yaratuvchi xodimlarga ular tushunadigan uslubda tushuntirib bera olishingiz kerak.
2-qurol: Tahlil
Tahlil deb turli qismlardan iborat axborotlarni jamlab, ularning xulosasini tushunishga aytiladi.
Masalan, siz ishlovchi kompaniya keyingi besh yillik ish rejasi haqida bayonot chiqardi. Unda kutilayotgan o’zgarishlar, kompaniya oldida turgan eng ustuvor vazifalar haqida umumiy ma’liumot berilgan. Siz bu bayonotni o’qib, uning siz egallab turgan lavozimga qanday ta’sir qilishi mumkinligini tahlil qilasiz. Sizning lavozimingiz yoki ishingiz haqida hech qanday aniq ma’lumot aytilmagan bo’lsa ham, kelgusi besh yillik reja va ustuvor vazifalarni tahlil qilib, bu o’zgarishlar ish o’rningizga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida xulosa chiqarasiz.
3-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash
Mantiqiy va dalil asosida fikrlash mavjud ma’lumotlar asosida to’g’ri xulosa yoki natijaga erishish uchun yana nimalar lozim bo’lishini anglash qobiliyatidir.
Masalan, oxirgi oyda kompaniyangiz mahsulotlarining sotilishi ancha kamaydi. Boshqaruvchi sifatida buning sababini bilishingiz juda muhim. Aniq sababi haqida to’g’ri xulosaga kelish uchun esa sizga yana qo’shimcha ma’lumotlar kerak bo’lishini tushunishingiz kerak. Ishlab chiqarish bilan bog’liq ichki muammolar, bozorda raqobatning kuchaygani yoki talabning sustligi kabi turli omillar savdoning pasayishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Siz ana shu barcha omillarni o’rganib, dalillardan foydalanib, nega savdo kamaygani haqida so’nggi xulosaga kelasiz.

Download 25.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling