Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
Harf-raqamli klavishalar klaviaturaning markaziy qismini еgallaydi.
Klavishalardagi harflar va raqamlarning joylashishi ularning yozuv mashinkasidagi joylashishiga mos keladi. Lotin harflari klaviaturada harfli klaviaturaning yuqori qismidagi birinchi oltita harf ketma-ketligi bo’yicha nomlangan — QWERTY standarti bo’yicha joylashgan. Rus alfaviti uchun harf-raqamli klavishalarning joylashishi rus shriftli yozuv mashinkalaridagi klavishalarning joylashishiga mos keladi (YCUKEN standarti — harfli klaviaturaning yuqori qatoridagi birinchi oltita harf). Klaviaturadan rus harflarini kiritishni taninlash uchun mos drayver kerak, u oldindan tezkor xotiraga yuklangan bo’lishi va unda doimo qolishi kerak. Klaviaturani rus harflarini (kirillica belgilarini) kiritish rejimiga qayta ulash va lotin harflarini kiritishga qayta o’tish bitga yoki ikkita maxsus klavishalarni bosish bilan amalga oshiriladi: bu turli drayverlar uchun turlicha, lekin ko’pincha Ctrl yoki Shift dir. Harf-raqamli klavishlar uchun registr tushunchasi, ya’ni ularni ishlatish rejimi tushunchasi mavjud. Ikki juft registrlar bor: yuqori/pastki va lotincha/ruscha. Yuqori registrda bosh harflar, pastkida еsa kichik harflar kiritiladi hamda mos ravishda klavishani yuqorigi va pastki qismlarida joylashtirilgan maxsus belgilar va raqamlar ham kiritiladi. Ruscha registrda kirillica belgilari, lotinchada еsa lotin belgilari kiritiladi. Registrlar turli birikmalarda ishlatilishi mumkin, masalan, yuqorigi lotincha, pastki ruscha va h.k. Pastki/yuqorigi rejimni tanlash Caps Lock (Capitals Lock — bosma harflarni qayd qilish) va Shift (Shift — surish, almashtirish) klavishalari yordamida amalga oshiriladi. Caps Lock klavishasi bosh yoki kichik harflarni kiritish rejimini mustaxkamlaydi. Bosh harflar («yuqorigi») rejimida klavishali panelning yuqorigi ung qismidagi Caps Lock qayd qilish lampasi yorishadi. Shift klavishasi klaviatura rejimini, u bosilib turgunga qadar, qarama-qarshisiga o’zgartiradi. Space klavishasi belgilar qatoriga probelni — bo’sh joyni kiritadi. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling