Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/139
Sana19.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1681091
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Bog'liq
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

 
 


Mavzu-_21_: 3D printer qurilmasi va ishlash prinsipi 
Reja: 
1.3D printerlar 
2.Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‘llash 
3.3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish
So‘nggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib, shunday ixtirolar, innovatsion 
ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratildiki, ular hayotimizdan chuqur o‘rin 
olib, yashash sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy 
texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Binobarin, 
avvallari xayolimizga ham kelmagan narsalar bugun haqiqatga aylanib, 
jamiyatimizning barcha jabhasida rivojlanishga yo‘l ochmoqda. 
Uzoqqa borishning hojati yo‘q. 1961 yili 12 aprel kuni Yuriy Gagarin fazoga 
uchgan edi. Bu insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan voqea bo‘lgandi o‘shanda. 
Bugun esa xalqaro‘kosmik kemada fazogirlar jamoasi navbatma-navbat koinotga 
safar uyushtirishi oddiy holga aylanib ulgurdi. To‘g‘ri, ularning ismini hamma ham 
yoddan aytib bera olmasligi mumkin, biroq, eng asosiysi, fazoni o‘zlashtirishda 
yangidan-yangi yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. 
Sir emas, hozir hayotimizni muntazam ravishda takomillashtirib borilayotgan 
kompyuter va internetsiz tasavvur etish mushkul. Yaqin-yaqingacha odamlar 
ishxonada zamonaviy kompyuterlarda ishlashni orzu qilgan bo‘lsa, bugun nafaqat 
ofislarda, ayni paytda noutbuklar, netbuklar, planshetlar va “gadjyet”lar, deb 
ataladigan boshqa qurilmalar har bir xonadondan o‘rin oldi. 
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga bog‘lanib 
qolgan. Chunki ushbu qurilmalar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ko‘p qirrali 
vazifalarni bajarmoqda. Ular orqali qo‘ng‘iroq qilish, xabar yoki rasm 
yuborish/qabul qilish, onlayn xaridni amalga oshirish, yangiliklar bilan tanishish, 
kerakli ma'lumotlarni olish, foto‘yoki Videoolish, tomosha qilish, musiqa eshitish, 
turli o‘yinlarni o‘ynash mumkin. 
Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng 
tatbiq etilmagan bo‘lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari 
odamlar turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat 
berolmaydi. Ana shunday kashfiyotlardan biri shu kunlarda ommaviy axborot 
vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir. 


Gap shundaki, bizda “Printerlar faqatgina matn va suratni chop qiladi xolos”, 
degan fikr shakllanib qolgan. Ammo mutaxassislarning aytishicha, printerlarning 
imkoniyatlari juda keng bo‘lib, yaqin kelajakda mazkur texnologiya jamiyat 
hayotining barcha jabhasida qo‘llaniladi. 
Uning afzalligi shundaki, zarur materiallar hamda dasturiy ta'minot 
yordamida uy qurish, protez va implantatlar tayyorlash, qimmatbaho‘esdalik 
buyumlar, taqinchoqlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk 
Britaniya, Niderlandiyada ushbu yo‘nalishda amaliy natijalarga erishilgan. Ya'ni 
3D-printerlar turarjoylar hamda ularning qismlarini — konstruksiyalari, ichki 
devorlari, turli shakldagi himoya to‘siqlarini hech qanday qoliplarsiz “chop 
etmoqda”. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr bo‘lgan 3D-printer 
yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat ichida balandligi olti metr bo‘lgan binoni 
“barpo‘qilishi mumkin”. Bunda u “siyoh” o‘rnida kuchaytirilgan shisha tolali 
sementdan foydalanadi. Shunday bo‘lsa-da, hozircha bu usulda yirik inshootlarni 
qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. Landshaft dizayni va aholi punktlarini 
obodonlashtirish uchun kichik arxitektura shakllarini tayyorlashda 3D-printerlar 
imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda. 
Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‘llash istiqbollari ham juda katta. Misol uchun, 
bunday yo‘sinda tayyorlanadigan protezlar bemor tanasining ilg‘ash qiyin bo‘lgan 
individual jihatlarini ham hisobga olish imkonini beradi. Stomatologiyada 
vaqtinchalik tish qoplamasi yoki jag‘ implantatlarini yaratishda 3D-printerlardan 
keng foydalanilmoqda. Tibbiyotning boshqa sohalarida ham ushbu qurilmani 
qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilayotir. Mutaxassislarning bildirishicha, 
kelajakda inson organlarini “chop etish” imkoniyatlari ham yo‘q emas. 
3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. 
Deylik, mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o‘zidek 
ko‘paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino‘yulduzlari, multfilmlar 
qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro‘yobga chiqarish 
imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‘zi, yaqinlarining qiyofalarini 
shakllantirsa bo‘ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob taqinchoqlar 
hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta qiziqish bilan qarayapti. Qayd etish 
kerakki, eng so‘nggi rusumdagi 3D-printerlar “siyoh” sifatida nafaqat plastik 
materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi. Buyurtmachi 
esa taqinchoqning shakli va usulini tabiga qarab tanlashi mumkin. 
Bugun 3D-printerlarni qo‘llash sohasi hamda ko‘lami tobora kengayib bormoqda. 
Bunda zamondan ortda qolib ketmaslik lozim. 


Mamlakatimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot 
texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari 
tomonidan 3D-printerlar yordamida qator loyihalar amalga oshirilayotganini alohida 
ta'kidlash o‘rinli. Multimedia texnologiyalari kafedrasi assistenti Jonibek Tojiyev 
3D-printer or-qali odamdek harakatlana oladigan maxsus robot yaratgan. “Aql 
gimnastikasi” bo‘lmish shaxmat o‘ynay oladigan robot, qo‘l protezi ham ana 
shunday izlanishlar samarasidir. Bularning barchasi ishlab chiqarish hamda 
tibbiyotning turli jabhalarida keng qo‘llanilishi mumkin. 
Yoki odamdek yuradigan robotni olaylik. “Servo” motoridan foydalanilgani tufayli 
u bemalol harakatlanib, yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlaydi va ularni hatlab o‘ta oladi. 
Qolaversa, bu robot hatto‘to‘p o‘ynashi ham mumkin. Qurilma dasturlashtirilgan 
topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin bo‘lgan yoki aholi 
salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajarishda qatnashish 
xususiyatiga ega. Kimyo‘sanoati korxonalarida yoxud favqulodda holatlar 
oqibatlarini bartaraf etishda ham uning xizmatidan foydalanish mumkin. 
— Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol 
foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu 
darajada sho‘ng‘ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida bosh 
qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda sinab 
ko‘rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz. Bunday 
qurilmalar bir qator oliy ta'lim muassasalaridagina ishlatiladi, xolos. Vaholanki, 
dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz hozircha tibbiyot 
sohasida, aniqroq aytadigan bo‘lsak, zamonaviy protezlar tayyorlashda 3D-
printerlardan foydalanishga ko‘proq urg‘u berayapmiz. Kelajakda istiqbolli 
yo‘nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‘llash choralarini ko‘ramiz. 
Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy ta'lim muassasalaridagina 
mavjud bo‘lib, ular tor doirada ishlatilayapti. Ammo mutaxassislarning fikricha, 3D-
modellashtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim. 
Zero, ushbu sohada dunyo‘miqyosida talab tobora o‘sib borayapti. Tabiiyki, yaqin 
istiqbolda yurtimizda ham unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion 
ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha 
jabhasiga joriy qilish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ham bejiz emas. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling