Skanerlarning tiplari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab
siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori
kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki
skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi
oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past
narxdadir. Skanerlash tezligi 5—50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq).
Masalan, Mustek GS-400L — oq-qora nim rangli, CG-8400T—rangli.
Planshetli skanerlar еng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga
nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan)
hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4
O’lchamli) 2—10 sekund.
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S
va R, HP Scan Jet 11CX.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining
ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, u 600 x
1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi
interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) еga, 4096 rang
tuslarini uzatadi, tasvirni 7—9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi
kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin
skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin pastda
skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner
malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl
ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |