Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/139
Sana19.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1681091
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139
Bog'liq
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

 
 


Mavzu-_22_: Skanerlarni vazifasi, tiplari, ishlash prinsipi, texnik xarakteristikalari 
Reja: 
1.Skaner yoki tasvir skaneri
2.Dastaki Skanerlar 
3.Rolikli skanerlar
4.Proeksiya skanerlar
5.Slayd-skanerlar
 
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish 
qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik 
axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli 
hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — 
tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi. 
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo’g’ini va istalgan 
«еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga 
yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash 
tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga 
amaliy qadam qo’yish mumkin. 
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash 
mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi. 
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. SHtrixli 
tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. 
Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish 
imkonini beradi. 
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. 
Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun 
ishlatilishi mumkin. 
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: 
skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket 
yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos 
signal alohida qayta ishlanadi. 
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 
16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin. 
Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar 
miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi. 
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi. 
Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi. 


Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling