Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko


Download 4.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/139
Sana19.09.2023
Hajmi4.04 Mb.
#1681091
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139
Bog'liq
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

 
Purkagichli plotterlar 
Purkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog’ozga 
bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyox, tomchilarini yo’naltirilgan 
purkashdan foydalanadi — bu purkagichli printerlarni ko’rib chiqishda purkagichli 
bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi. Purkagichli plotgerlar bilan 
bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir.
Purkagichli plotterlarning uch ko’rinishi mavjud: monoxromli, rangli va rangli 
bosish imkoniyatli. 
Rangli purkagichli plotterlar yozuvchi kallakda ko’p sonli soplolarni ishlatadi, 
lekin ularning o’tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli 
tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi bilan 
amalga oshiriladi, ya’ni soplolarning to’rt gURO’hi ishlatilib, ularning har biriga 
aniq rangli bo’yoq to’g’ri keladi: Cyan — havo rang, Magenta — to’q qizil rang, 
Yellow — sariqrang, Key — etakchi (qora rang). Rangli plotgerlarni ko’pincha 
ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to’da rangli deb ataladi. 
Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar faqat chiziqlarni yoki 
belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir soholarni turli 
ranglarga bo’yashga qodir еmas. 
Purkagichli plotterlarga misollar: Hewlett Packard HP220, Summa-graphics 
Sumrna Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxromli); CalComp 
TechJet Color, Hewlett Packard HP650C, Encad Nova Jet 3 (hammasi to’la rangli). 
Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori еmas, shuning uchun katta 
hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maqsadga muvofiq еmas.  
 
Еlektrostatik plotterlar 


Еlektrostatik plotterlar (Electrostatic Plotter) yozuvchi kallaklar yordamida 
maxsus еlektrostatik qog’oz yuzasida berk potencial relefni yaratish texnologiyasiga 
va bu relefda suyuq bo’yoqii tindirishga asoslanadi. Rangli tasvirni yaratish uchun 
chizish jarayoni 4 marta qaytariladi (CMYK rangli sxemasi), albatta, bu unchalik 
qulay еmas. Ikkinchi jiddiy kamchilik — maxsus qimmatbaho еlektrostatik 
qog’ozning ishlatilishidir. Tasvir sifati va chizish tezligi bu plotterlarda yuqoridir. 

Download 4.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling