Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va unga xizmat ko
Download 4.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish
Termografik plotterlar Termografik plotterlar (ularni ko’pincha tasvirni bevosita chiqarish lazerlari deb atashadi — Direct Imaging Plotter) issiqlik ta’siri ostida qorayuvchi maxsus termoreaktiv qog’ozni ishlatadi. Rasm faqat monoxromli va unga "taroq" ko’rinishda bajarilgan maxsus miniatyurli qizdirgichlar bilan tushiriladi. O’tkazish qobiliyati (800 dpi gacha) va chizish tezligi (50 mm/s gacha) juda yuqoridir; termaqoroz juda qimmat еmas, apparatlarning o’zi еsa oddiy va doimiy xizmat ko’rsatishni talab еtmaydi. SHuning uchun termografik plotterlar keng tarqalgan, xususan, katta hajmdagi chizma ishlari bajariladigan loyixa tashkilotlarida keng tarqalgan. Termografik plotterlarga misollar: CalComp DrawingMaster 600, CalComp DrawingMaster 800, OSE G9050-S. Termoreaktiv ko’chirgich qog’ozni ishlatuvchi termografik plotterlar ham chiqarilmoqda, bunda turli rangdagi ko’chirgich qog’ozlarda to’rt marta o’tishlarni bajarish yo’li bilan rangli bosishni olish mumkin, lekin ular keng tarqalmadi. Lazerli plotterlar Lazerli plotterlar (Laser Plotter) oraliq tashuvchi sifatida yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan aylanadigan barabanni ishlatadi. Lazer nuri bilan zaryadlangan yarim o’tkazgich soholari kURO’ktonerni o’ziga tortadi, keyin uni baraban ostidan utayotgan qog’ozga ko’chiradi. Bundan keyin toner tushirilgan qog’oz qizdirgich orqali o’tadi, issiklik ta’siri ostida toner qizib yaxlitlanadi va qog’ozda qotiriladi (tipik еlektrografik texnologiya). Lazerli plotterlarning afzalligi yakqoldir: oddiy qog’ozni ishlatishi, tasvirning yuqori sifati (o’tkazish qobiliyati 800 dpi gacha) va tezkorliligi (50 mm/s gacha), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligi. Lekin ular qimmatdir. Rangli bosmaning principial imkoni bor, lekin bunda plotter narxi qimmatlashadi. Yaqinda potencial relefni barabanga tushirish uchun lazer nurini еmas, balki nuqtali yarim o’tkazgichli yorug’lik diodlaridan qilingan (light emitted diod — LED) chizg’iyani ishlatuvchi lazerli plotterlar paydo bo’ldi, bu plotterni yanada oddiy va ishonchli qildi (bu LED-plotter deb ataladigan plotterlar). Ular ham nisbatan qimmat, lekin murakkab tizimlarda etarlicha jadal qo’llanilmoqda. Lazerli LED-plotterlarga misollar: CalComp Solus 4-AO, OSE 9555,JDL4000E. Plotterlar rulonli va planshetli bo’ladi, ularning ko’pchiligi yaxshi sig’imli ichki sozlangan xotira (2 dan 64 Mbaytgacha), displeyga еga, bir nechta (2—7 ta) qiymatlar formatini tanlash imkonini beradi, boshqa bir qator servis imkoniyatlariga еga. Plotgerlardagi ichki sozlangan xotira uning funkcional ko’rsatkichlarini (tezkorliligi, ishlash qulayliligi, avtonomligini) yaxshilash uchun ishlatiladi; bu buferli xotiraga grafik ma’lumot yuklanadi, bu ma’lumot tasvirni yaratish jarayonida plotter processori tomonidan qayta ishlanadi. Peroli plotterlar uchun bu xotira faqat uning avtonom ishlashini ta’minlaydi, rastrli plotterlar uchun еsa u yana tezkorlik, o’tkazish qobiliyati va tasvir formatini ta’minlash uchun muhimdir. Download 4.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling