Shaxsiy (Wireless Personal Area Network, wpan)
Lokal simsiz tarmoq (WLAN) texnologiyasi
Download 389.12 Kb.
|
Shaxsiy (Wireless Personal Area Network, wpan)
Lokal simsiz tarmoq (WLAN) texnologiyasi 802.11 standartlar oilasiga asoslanadi. 802.11 standartlar oilasiga mansub WLAN-texnologiyalari ko’pincha Wi‑Fi atamasi orqali belgilanadi. Hozirda ushbu atama, simli lokal tarmoqlarga alternativa sifatida, 802.11 oilasidagi ixtiyoriy standartga mos barcha ma’lumotlarga qo’llaniladi.
Uy tarmog’i yoki kichik ofis tarmog’i uchun bitta foydalanish nuqtasining mavjudligi yetarli bo’lib, u orqali tarmoqning oxirgi qurilmalari kommutator yordamida keng polosali aloqada amalga oshiriladi (3.6-rasm). 3.6-rasm. Uy yoki kichik ofisdagi WLAN sxemasi Yirik ofis uchun WLAN ni tashkil etishda foydalanishning bitta nuqtasi yetarli bo’lmaydi. Oxirgi qurilmalar orasidagi masofalarning kattaligi sababli, ofis yoki tashkilot tarmog’ida foydalanishning bir necha nuqtasi tashkil etiladi (3.7-rasm). Simsiz uy va ofis tarmoqlaridan tashqari Wi-Fi texnologiyasi Internetdan ommaviy foydalanishni tashkil etish sohasida keng qo’llaniladi. Aksariyat aeroportlarda, mexmonxonalarda, restoranlarda Wi-Fi tarmoqlardan foydalanish (pulli yoki tekin) xot-spotlar (xot spot - "qaynoq nuqta") yordamida amalga oshirilgan (3.8-rasm). 3.7-rasm. Yirik ofis uchun WLAN sxemasi Xot-spotlari bo’lgan muassasaga har bir tashrif buyuruvchi o’zining noutbuki, cho’ntak shaxsiy kompyuteri yoki simsiz foydalanish standartini madadlovchi telefoni yordamida tarmoqqa mobil ulanish imkoniyatini oladi. Tarmoqning muayyan standartlariga bog’liq holda Wi-Fi lar 2,4 GGs yoki 5 GGs chastotalarda ishlaydi va ma’lumotlarni uzatish tezligini 54 Mbit/s gacha ta’minlaydi. Bir necha xot-spotlar bazasidagi simsiz foydalanish zona "xot-zona" deb ataladi. O’tkazish qobiliyatining keskin o’zgarishiga 802.11n texnologiyasining paydo bo’lishi sabab bo’ldi. Mutaxassislarning fikri bo’yicha yaqin orada 802.11n simsiz tarmoq texnologiyasini nafaqat noutbuklar, balki ko’pgina maishiy elektron asboblar madadlaydi va u barcha asosiy korporativ va uy ilovalari tomonidan ishlatiladi. Simsiz personal va lokal tarmoqlarning istiqbolli rivoji sifatida mutaxassislar Cognitive Radios qurilmalarini ko'rsatmoqdalar. Bu qurilmalar turli diapazonda turli protokollar bo’yicha ishlay oladi hamda ularning joylashgan geografik hududini va ushbu hududda, mahalliy talablarga moslanib, qanday ishlashi lozimligini aniqlashi mumkin. 3.8-rasm. "Xot-spot" sxemasi Download 389.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling