Shaxsni jamoada tarbiyalashda óqituvchining órni


Download 22.18 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi22.18 Kb.
#1290822
Bog'liq
Gulistan 2


Shaxsni jamoada tarbiyalashda óqituvchining órni.
Sankibaeva Gulistan Sdikovna
Qoraqolpoǵiston Respublikasi, Qanlıqól tumani, 2-sonli umumtálim maktab psixologi
Annotaciya: maqolada oıquvchi shaxsini jamoada tarbiylashda óqituvchining tutgan órni haqida aytilgan.
Kalit sózlar: shaxs, óqituvchi, jamoa, óyin, maktab
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat ázosi bólib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan mánaviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me'yorlar mohiyatini ózlashtiradi. Jamiyatning ázosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini táminlovchi mehnat faoliyatini yólga qóyadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yólida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bóla olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bólsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish kónikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi.
Bola yoshligidan óyin, mehnat va óqish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki ózligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bólishi, uning jamoa tásirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini táminlashdagi órni va roliga alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan ózgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli tásir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bólgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni tákidlaydi. Bolani yomon tásirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, alloma óqitish samaradorligini táminlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini tákidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bólish, ularning yordami va qóllab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu ehtiyojni qondirish yólidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida ózaro yordam, hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va órnini belgilab beradi.
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» sózining tarjimasi bólib, yiǵilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha ázo (kishi)lardan iborat bólib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yólida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, óquv yurti jamoasi, xójalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
Chunonchi, óquvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo'lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o'ynashi tóǵrisidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning ázolari órtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini táminlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bólmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Óquvchilar jamoasi óziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so'z yuritamiz.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me'yorlari óz ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bólar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida ózaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-ǵoyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo'ladi. Muayyan jamoaning har bir ázosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida óz jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a'zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qóyilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi órni va rolini tóǵ'ri baholay olish jamoa ázolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari órtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bólinishga yól qóymaydi.
Har bir jamoa óz-ózini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi.
Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan boǵlanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yónaltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-ǵoyaviy yónalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida óz aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini órnata olishdagi usuli, ya'ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli kórinishlarini amalga oshirish uchun zarur bóladigan tashkiliy jihatlari kózda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a'zolari órtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a'zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yólida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a'zolari órtasidagi shaxslararo ma'naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim a'zolar órtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu órinni egallaydi. Óquvchining jamoadagi órni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bólganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida kózga kóringan órinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bóla oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bólgandagina jamoa ózini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.
Jamoa va uni shakllantirish óqituvchilik faoliyatining maqsadi hisoblanidi. Muhim tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bólgan sub'ektlarning alohida namuna kórsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bólib, ushbu vosita yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a'zosini tarbiyalash ijobiy samaralar beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi kózda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy órta ta'lim hamda órta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida jamoani shakllantirish mas'uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bóǵin - bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida óquvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat óqish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim bóǵin – óqituvchilar jamoasi hamda óquvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. Óquv yurtlari jamoasi tarkibida óquvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.
Óquvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a'zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi ózaro birlikka ega óquvchilar guruhidir.
Óquvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a'zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida tólaqonli ma'lumotlarga ega bólishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. «Psixologiya» Karimova. T- 2000.

  2. M.G.Davletshin, S.M.Tuychieva. «Umumiy Psixologiya», T.

Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling