Shaxsning bilish faoliyati reja; Bilish faoliyatiga umumiy tavsif


Download 47.55 Kb.
bet4/15
Sana06.04.2023
Hajmi47.55 Kb.
#1334729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Shaxsning bilish faoliyati

Sezgi haqida tushuncha. Sezgi oddiy psixik jarayon bo'lib, u moddiy olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek moddiy qo'zg'atuvchilar tegishli retseptorlarga bevosita ta'sir etgan miqdorda organizmda hosil bo'ladigan ichki holatlardan tarkib topadi. Materiya sezgi organlarimizga ta'sir etib sezgi hosil qiladi. Sezgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi.
Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan ya-gona yo'lidir. Sezgilar mohiyatiga ko'ra obyektiv olamning subyektiv obrazidir. Lekin sezgilarning hosil boiishi uchun organizm moddiy qo'zg'atuvchining tegishli ta'siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmningo'zi ham qandaydir ish bajarishi lozim.Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning ahamiyati juda katta, negaki, ular bizning olam haqidagi va o'zimiz to'g'rimizdagi bilimla-rimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak atrofdagi olam haqida ha-misha axborot olib turishi kerak.Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko'rsatilgan turlari mavjud:

  1. ko'rish;

  2. eshitish;

  3. hid bilish;

  4. badanning tegishi orqali sezish;

  5. ta'm bilish.

Sezgilar ma'lum bir qo'zg'atuvchining muayyan retseptorga ta'si-ri natijasida hosil boigani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan qo'zg'atuvchilarning va ana shu qo'zg'atuvchilar ta'sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi.


Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o'rniga qa-rab sezgilar, odatda, uch guruhga ajratiladi:

  1. tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda tananing yuzasida retseptorlari bo'lgan ekstrotsep-tiv sezgilar;

  2. tananing ichki a'zolarida va to'qimalarida 'joylashgan hamda ichki a'zolarning holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo'lgan interotseptiv sezgilar;

  3. retseptorlari mushaklarda va paylarda o'rnashgan propriotsep-tiv sezgilar; ular gavdamizning harakati va hblati haqida axborot berib turadi.


Download 47.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling