Shaxsning bilish faoliyati reja; Bilish faoliyatiga umumiy tavsif


Download 47.55 Kb.
bet8/15
Sana06.04.2023
Hajmi47.55 Kb.
#1334729
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Shaxsning bilish faoliyati

Harakat xotirasi - turli ish-harakatlar va ularning tizimini esda olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratt. Inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko'rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi: masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql- zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko'rinishi mavjud. Ana shu ruhiy faollik turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulot-larida o'z ifodasini topib, harakatlarda, emotsional kechinmalarda, tuyg'ularda, timsollarda, fikr va mulohazalarda aks etadi.Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba'zi odamlarda aniq-ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Masa-lan, bir musiqa ishqibozi musiqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin u yaqindagina eshitgan operani faqat panto-rnima tarzidagina qayta tiklash imkoniyatiga ega boigan.

Emotsional xotirahis-tuyg'uga xos xotira. Bu xotira his-tuyg'ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida emotsional xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi narsa va hodisalardan, o'z-o'zimizga bo'lgan mu-nosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechin-malarni esda qoldirish, esga tushirishdan iborat xotira turi emotsional xotira deb ataladi. Ular ruhiyatimizda kechirgan, ma'naviyatimizga ta'sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib qolgan his-tuyg'u, ehtiros, alam, armon kabilarni jonlantirishga undovchi yoki o'tmishda salbiy kechin-malarga ega boigan harakatlardan saqlab turuvchi signal tarzida namoyon boiadi. Emotsional xotira o'zining vujudga kelish xusu-siyati, tezligi, dinamikasi, davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlari-dan ma'lum ma'noda ajralib turadi.

Xotiraning eydetik («eydos» - yunoncha «obraz» degan ma'noni anglatadi), ya'ni ko'rgazmali obrazlari - tashqi qo'zg'atuvchi bilan his-tuyg'u a'zolarining qo'zg'atilishi natijasidir. Obrazli xotira tasawurlar va turmush manzaralari, shuning bilan birga, tovushlar, ta'mlar, ranglar, shakllar bilan bogiiq boigan xotira turidir. Obraz xotirasi deb, yaqqol mazmunni, binobarin narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari va bogianishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda zaruriyat tug'ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi.


Download 47.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling