Shaxsning bilish faoliyati reja; Bilish faoliyatiga umumiy tavsif


«Tafakkur» tushunchasi va uning operatsiyalari


Download 47.55 Kb.
bet12/15
Sana06.04.2023
Hajmi47.55 Kb.
#1334729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Shaxsning bilish faoliyati

3.«Tafakkur» tushunchasi va uning operatsiyalari. Insonning bilish faoliyati voqelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qi-lishdan boshlanadi, so'ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yo'l bilan aks ettirishga o'tadi. Fikr yuritishning sinteziga aylangan yuqori darajadagi bilish jarayoni - tafakkur hamda emotsional bilish organlarining mahsuli, ya'ni sezgilar, idrok va tasavvur materiallariga asoslangan holda namoyon bo'ladi. Binobarirr, tafakkur o'zi uchun zarur materiallarni emotsional obyektlardan oladi, shu bilan birga, u fikr yuritishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi.
Tafakkur sezgi, idrok, tasavvur yordamida atrof muhit bilan bevo-sita bogianadi, so'ngra voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning belgi va sifatlarini bosh rniya yarim sharlarida aks ettirish imkoniyati-ga ega boiadi. Mazk;ur aks ettirishning adekvatligi insonning amaliy faoliyatida, tabiatni o'rganish va jamiyatni rivojlantirish jarayonida tekshirib boriladi, ong va aql-idrok yordamida uzluksiz ravishda nazorat qilib turiladi.
Tafakkur atrof muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va oldindan bashorat qilishga yo'naltirilgan aqliy faoliyatdir1. Insonning bilish faoliyati vo­qelikni, narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi, so'ngra asta-sekin tafakkurga, fikr yuritishni aqliy yoi bilan aks ettirishga o'tadi
Tafakkur jarayonida inson emotsional bilish qobig'idan tashqari chiqib, sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati murnkin bo'lmagan murakkab holatlarni anglay boshlaydi. Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tasavvur obrazlari bilan tafakkur o'zaro uzluksiz ravishda bir-birini boyitib turadi.

Tafakkur operatsiyalari quyidagilardan iborat:



  1. analiz va sintez;

  2. taqqoslash;

  3. abstraksiya;

  4. umumlashtirish;

  1. aniqlashtirish;

  2. tasniflash;

  3. tizimlashtirish.


Download 47.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling