Shaxsning bilish faoliyati reja; Bilish faoliyatiga umumiy tavsif


Download 47.55 Kb.
bet14/15
Sana06.04.2023
Hajmi47.55 Kb.
#1334729
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Shaxsning bilish faoliyati

Umumlashtirish deganda, psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi. Psixologiyada umumlashtirishning keng qoilaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va emotsional-aniq umumlashtirish yuzasidan ko'proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Emosional-aniq umumlashtirishda esa pred­metlar tashqi belgi bilan umumlashtiriladi.
Umumlashtirish abstraksiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir boimaydi. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalar-ning o'xshash hamda muhim belgilari tasodifly belgilaridan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda ajratib olingan o'xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi. Boshqa fikr yuritish operasiyalari kabi umumlashtirish ham so'z, nutq yordamida ro'yobga chiqadi.

Aniqlashtirish hodisalarni ichki bogianish va munosabatlardan qat'i nazar, bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish ope-ratsiyasidir. Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg'iz obyektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi.
Tasniflash insonning bilish faoliyatida muhim o'rin tutuvchi fikr yuritish operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bir turkum ichidagi narsa-larning bir-biriga o'xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish tizimi tasniflash deb ataladi. Tasniflash biz tekshiradigan obyektlarning muayyan tarti-bini topishda, o'rganishimizda zarur boigan narsa va hodisalarni yaxht holda tekshiirishimizda, o'zlashtirmoqchi bo'lgan materiallarni puxta esda qoldirishimizda muhim o'rin tutadi.
Tizimlashtirish fikr obyektiv hisoblangan narsa va hodisalarni za-mon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan maium tartibda joy-lashtirishdan iborat. Fikr yuritish operatsiyasi bilimlarni o'zlashtirish-da, ko'nikma va malakalarni tartibga solishda katta ahamiyatga ega. Odatda tizimlashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o'rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi. Tizimlashtirish insonning bilish faoliyatida «mavzulararo», «predmetlararo» bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin, bilimlarning tizimga solinishi aqliy ri-vojlanishning dastlabki pog'onasi hisoblanadi.
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan bir-ga, shaxsning nutq faoliyati ham o'sadi. Bu esa shaxsda o'z fikrini to'g'ri, aniq ifodalash malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug'at boyligini yanada oshiradi.
Shaxs adabiy asarlarni o'qish va tushunish orqali mustaqil fikr-lashga, mulohaza yuritish va munozara qilishga o'rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va jamiyat haqida o'zining nuqtai nazari, e'tiqodi, qarashi shakllanadi. MaTumki, shaxsning ana shu fazilatlari fikrlash, mustaqil o'ylash, to'g'ri hukm va xulosa chiqarish, qat'iy qarorga kelishning natijasidir.
Har bir tadqiqotchi ta'limning aqliy taraqqiyotidagi o'rnini e'tirof etmoqda, ularning individual xususiyatlari va intellektual imkoniyat-lariga alohida e'tibor bermoqda. Ta'lim aqliy taraqqiyotni o'z orqasidan yetaklab borishi kerak, degan prinsipga sodiq qolmoqdalar.
Masalani yechish davomida tafakkur jarayon sifatida, ayniqsa, yaqqol namoyon boiadi. Tafakkurni jarayon sifatida talqin qilish, eng avvalo, fikr yuritish faoliyati determinatsiyasi (sababiy bogia-nish)ning o'zi jarayon sifatida amalga oshirilishini bildiradi.


Download 47.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling