«Nutqiy fantaziya» metodikasi
Bolaga biror jonli mavjudot (odam hayvonlar) haqida ( bolaning xohishiga ko‘ra) hikoya tuzish va uni so‘zlab berish topshirig‘i beriladi. Buning uchun bolaga 5 daqiqa vaqt ajratilib, shundan 1 daqiqasi hikoya ertakni o‘ylab olishi uchun beriladi.
Bola hikoyani so‘zlab berish jarayonida, uning fantaziyasi qay darajadaligini bilish uchun quyidagilarga e’tibor beriladi.
1. Xayol jarayonining tezligi.
2. Obrazlarning o‘ziga xosligi, originalligi.
3. Fantaziya (tasavvur)ning boyligi.
4. Obrazlarning chuqur ishlanganligi.
5. Obrazlarning hissiy - ta’sirchanligi.
Yuqoridagi belgilarning hikoyada aks etganligiga qarab, har biri 0 balldan 2 ballgacha baholanad Bola hikoyani so‘zlab berayotganida, tadqiqotchi Yuqoridagi jadvalga, hikoyada mezondagi belgilarning namoyon bo‘lishiga qarab, mos ballar bilan belgilab boradi.
«Rasm» metodikasi
Tadqiqotni o‘tkazish uchun qog‘oz va flomaster (kamida 6 xil rangda) kerak bo‘ladi. Bolaga ana shulardan foydalanib, biror-bir rasmni o‘ylab, chizish topshirig‘i beriladi. Buning uchun 5 daqiqa vaqt belgilanadi.
Tadqiqot natijalari tahlili quyidagi jadval yordamida amalga oshiriladi.
15-jadval
№
|
Bola xayolining baholanayotgan belgilari
|
Ushbu belgilarning balldagi bahosi
|
1.
|
Xayol jarayonining tezligi
|
0
|
|
2
|
2
|
Obrazning o‘ziga xosligi,
originalligi
|
|
|
|
3.
|
Fantaziyaning boyligi
|
|
|
|
4.
|
Obrazlarning chuqur ishlanganligi
|
|
|
|
5
|
Obrazlarning hissiy ta’sirchanligi
|
|
1
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |