Shaxsning hissiy irodaviy sohasi va kasbga moslashish. Reja


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1469832
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsning hissiy - irodaviy sohasi va kasbga moslashish.

Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan 
vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning 
hayoti va faoliyati davomida shodlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur‟atsizlik, 
zerikish, qayg„urish singari his-tuyg„ular ruhiy holatining umumiy tizimiga 
aylanadi. Ushbu vaziyat ba‟zi emotsional taasurotlarning vujudga kelishiga qulay 
zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug„diradi. Inson xafa, ma‟yus 
hissiy holat hukmronligida bo„lsa, tengdoshlarining hazili, keksalarning pand-
nasihatlari, maslahatlariga, quvnoq kayfiyat chog„dagiga nisbatan, boshqacharoq 
munosabat bildiradi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xalq ta‟limi tizimi 
jamoalarida, rasmiy doiralardan ishchanlik, o„zaro yordam, hamkorlik, 
hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomalani shakllantirish ham 
jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir. 
Stress, psixologik ta‟rifiga ko„ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin 
davomiyligiga ko„ra kayfiyatga yaqin bo„lgan his- tuyg„ular boshdan 
kechirilishining alohida shakli bo„lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati 
(inglizcha «stress»– tazyiq ko„rsatish, zo„riqish degan so„zdan olingan)dan yoxud 
hissiy zo„riqishdan ibo- ratdir. Hissiy zo„riqish xavf-xatar tug„ilgan, kishi xafa 
bo„lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o„xshash vaziyatlarda ro„y 
beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim kanadalik 
fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo„yicha «stress – inson organizmiga 
qo„yilgan ortiqcha talabdir». 
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari keskin tarzda o„zgaradi, qo„zg„alishning 
umumiy reaktsiyasi paydo bo„ladi, harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. 
Stressning kuchayishi esa teskari reaktsiyaga olib keladi, natijada sustlik, zaiflik, 
faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Stress holatida fiziologik o„zgarishlar 
tashqi tomondan qariyb ko„zga tashlanmasligi mumkin, biroq muammoni 
echishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalikni stressning tashqi 
ifodasi deb taxmin qilish mumkin. Shaxs stress holatida telefon raqamini 
adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati engil bo‟ziladi, idrok 
ko„lami torayadi va boshqa holatlar ko‟zatiladi. 



Frustratsiya kishi maqsadga erishish yo„lida bartaraf etib 
bo„lmaydi deb hisoblangan yoki shunday deb idrok 
etiladigan to„sqinliklarga, g„ovlarga duch kelgan hollarda 
yo‟z beradi. 
Frustratsiyaning yo‟z berishi shaxsning xulq-atvorida va 
o„zini anglashida turli xil o„zgarishlarga olib keladi. 
Frustratsiya holati shaxs o„zini yo„qotib qo„yishi, ya‟ni 
jabrlanuvchi jinoyatchiga qarshilik ko„rsata olmaganida, 
jinoyatchi ko„zlagan maqsadiga erisha olmaganida, 
kutilmaganda turli to„siqqa duch kelganida namoyon 
bo„ladi. 
Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta‟riflar 
uchraydi, jumladan, A.V. Petrovskiy tahriri ostida 
chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot – 
kishining o„z hayotida nimalar yo‟z berayotganiga, 
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg„ul 
bo„layotganiga nisbatan o„zicha turli xil shaklda 
bildiradigan kichik munosabatdir. M. Vohidovning 
«Bolalar psixologiyasi» o„quv qo„llanmasida hissiyot 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling