Shaxsning hissiy irodaviy sohasi va kasbga moslashish. Reja


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1469832
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsning hissiy - irodaviy sohasi va kasbga moslashish.

Intellektual hissiyotlar ham o‘z mohiyati jihatidan axloqiy hissiyotlarga yaqin bo‘lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar 
odamning bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar bo‘lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, 
shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Intellektual hissiyotlarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson 
bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo‘lmaydigan, hayratda qoldiradigan 
emotsiyalarga berilib qolgan odam o‘zining bilish ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan 
bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g‘oya hamda e’tiqodlarni hayotga 
tatbiq qilish uchun bo‘lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo‘ladi.


Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. Shaxsning irodaviy sifatlari va uni tarbiyalash. 
 
Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. Kishining irodaviy sifatlari, ya‟ni iroda kuchi, 
mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo„ladi. Har bir kishida irodaning ayrim 
sifatlari umr bo„yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya‟ni doimiy xislatlari) bo„lib 
qolishi mumkin. Shaxsning bu o„ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir 
kishidagi biron-bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo„lishi shu kishi xarakterining xislati 
bo„lavermaydi. Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko„rsatishi mumkin, ayrim 
hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi xarakterining xislati 
ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli deb aytish uchun uning iroda kuchini 
bir marta emas, bir necha marotaba namoyon qilganini bilmoq kerak. Kishining xarakterini 
ta‟riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgo„y, 
to„g„riso„z deb ataymiz.
Buning ma‟nosi shuki, dadillik va rostgo„ylik, to„g„riso„zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter 
xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo„ylik, to„g„riso„zlik xislatlariga ega ekanligini 
namoyon qildi, deb aytamiz. Kishi xarakterini, xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda 
qanday yo„l tutishini ancha aniq bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz. Iroda kuchi irodaning 
muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko„rinadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling