Shaxsning hissiy irodaviy sohasi va kasbga moslashish. Reja


deb – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo‘lgan


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1469832
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shaxsning hissiy - irodaviy sohasi va kasbga moslashish.

deb – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo‘lgan 
ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga 
aytiladi.  
Emotsiyalar tashqi ko'rinishga xosligi va muvaqqat xususiyatga 
ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o'tish 
joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-
zakovat subyekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos. 
Chunki empatik (hamdard- lik) his-tuyg'ular shaxsning 
mukammallik bosqichiga ko'tarilishiga kafolat negizidir. 
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil 
shakldagi o'ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, affektlar 
(emotsio- nal buhronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlanish 
(stress holat- lari)ni va his-tuyg'ularni hosil qiladi. 


Atrof-muhitning holati shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi shu xislat tuzilishiga sabab bo‘lgan hodisalarning shaxsiy va 
ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo‘lishi va o‘tmishi hamda 
shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo‘lishiga ko‘ra his-
tuyg‘ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar. 
Yuksak hislar. Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida, yakka holda mavjud bo‘lmaydi. Yuzlab va 
minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar 
deyiladi. YUksak hislar o‘z tarkibiga birinchi soddaroq ko‘rinishdagi turli hislarni oladi. Inson faoliyatining qaysi bir turi, yoki 
qaysi bir sohasi, hislarni qaysi birining asosiy ekanligiga qarab, yuksak hislarning muhim turlari: praksik, axloqiy, intellektual, 
estetik turlari ajratiladi.
Praksik hislar – inson amaliy hayotining istalgan sohasi maqsadga muvofiq aqliy faoliyatiga, shaxsning ularga nisbatan 
muayyan munosabatda bo‘lish sohasiga aylanib qoladi.
Axloqiy hislar – odamning boshqa kishilarga, jamoa va o‘zining ijtimoiy burchlariga bo‘lgan munosabatlarida 
ifodalanadi. Inson bu hislarni kechirar ekan, ma’lum axloqqa, ya’ni ijtimoiy axloq qoidalari va normalari majmuiga 
asoslanib, boshqa kishilarning xatti-harakatlariga yoki ruhiy xususiyatlariga hamda o‘zining xatti-harakatlariga baho 
beradi. Estetik hislar ham yuksak axloqiy hislardan hisoblanadi.
Estetik his deganda biz go‘zallikni idrok qilish, go‘zallikdan zavqlanish va go‘zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik 
hissiyot hamma odamlarga xos bo‘lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai 
hisoblanadi. Masalan, bahor faslidagi tog‘ manzaralari, yaylovlarda qo‘y va qo‘zichoqlarning o‘tlab yurishlari, baland 
qorli qoyalarni o’zoqlardan mag‘rur turishlari odamda estetik lazzatlanish hissini tug‘diradi yoki xuddi dengizdek ko‘z 
ilg‘amaydigan ko‘m-ko‘k paxtazorlar, o’zoqlarda chiroyli bo‘lib ko‘rinib turgan dala tepaliklari odamda qandaydir 
ko‘tarinki ruh tug‘diradi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling