Shaxsning individual-psixologik sifati
Shaxsning ijtimoiy-psixologik sifati
Download 71.5 Kb.
|
Boshqaruv psixologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy sezgi
- Kо‘zlangan qadriyatlar
- Ijtimoiy mezon
2. Shaxsning ijtimoiy-psixologik sifati
Inson - ijtimoiy, jamoaviy mavjudot. Avloddan avlodga genetik yо‘l bilan о‘tadigan (suyak surachigan) va har bir shaxsda turlicha boshlang‘ich imkoniyat asosida rivojlanuvchi individual-psixologik sifatdan farqli о‘laroq, ijtimoiy-psixologik sifat ijtimoiy orttirilgan (yuzaga chiqqan) hisoblanadi. Bular jamiyatning turmush tarzi, shaxs atrofidagi odamlar va о‘zini rivojlantirish uchun olib borgan faoliyat ta’sirida shakllanadi. Quyidagilar shaxsning ijtimoiy-psixologik sifatlari hisoblanadi: ijtimoiy-sezgi, kо‘zlangan qadriyatlar, ijtimoiy mezon, ishtiyoq-umidvorlik, qiliqlar, shaxs "ma’naviy jamg‘arma"si. Ijtimoiy sezgi - kishilarning moddiy va ma’naviy extiyoji, ularning ijtimoiy muloqotga bо‘lgan ehtiyojini qoniqishligi, shuningdek, ma’lum toifa odamlar guruhiga taalluqliligi oqibati о‘laroq yuzaga keladigan xissiyotlik, diniy xissiyotlarni, shuningdek, vatanparvarlikdek ijtimoiy sezgini keltirish mumkin. Ijtimoiy sezgi odamlarni birlashtirishi yoki qarama-qarshi, bitta jamoaga uyushtirishi yoki tarafma-taraf qilib qо‘yishi mumkin. Kо‘zlangan qadriyatlar - shaxsning moddiy va ma’naviy boshliklarni tanlab munosabatda bо‘lishi. Bular uning uchun uning maqsadi yoki о‘z ehtiyojini qondirish vositasi xisoblanadi. Ularning shakllanishida boshlang‘ich guruh, ijtimoiy muhit, demografik qatlam va b.lar muhim ahamiyat kasb etadi Ijtimoiy mezon - ruhiy holat, bunda inson obyekt yoki subyektga о‘z turmush tajribasi asosida iliq yoki sovuq munosabatda bо‘ladi. Ijtimoiy mezon shaxsning informatsiyani qabul qilish, shuningdek unga kо‘rsatadigan munosabat omili sifatida namoyon bо‘ladi. Ishtiyoq-umidvorlik shaxsning jismoniy va qalb ishtiyoqi rang-barangligi va nozikligini aks ettiradi. Masalan, maxsus ma’lumot olish, qandaydir turmush muammosini hal etish, rahbariyat tomonidan qandaydir e’tiborga molik bо‘lish va h. k. Ishtiyoq-umidvorlik rahbarning xodimlar bilan yakka tartibda ishlashida katta ahamiyat kasb etadi. Qiliqlar - shaxs ongida barqaror saqlanib qolgan timsollar va tasavvurlar. Bular emotsional-ekspressiv bо‘yoqli odatlar yoki muhim baho hisoblanadi. Shaxs ongida chuqur о‘rnashib qolgan u yoki bu qiliq ijodiy idrok etishga rag‘batlantirishi yoki tо‘sqinlik qilishi, boshqacha fikrlovchilarga ijobiy yoki salbiy munosabatni belgilashi mumkin. Qiliqlar kо‘pincha rahbarga yangi g‘oyalarni qabul qilishga halaqit qiladi, tashkilot faoliyatini tizimli idrok etishga tо‘siq bо‘ladi. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling